Breaking News

AQSh-O'zbekiston munosabatlari muhokamada


Rasmiy Vashington Islom Karimov hukumati bilan aloqalarni bir so’z bilan “murakkab” deb izohlaydi. Andijon fojiasidan ikki yil o’tib, AQSh O’zbekistonni 2005 yilning 13 mayida nima bo’lganini mustaqil tergov qilishga yo’l bermayotganlikda ayblaydi.

Yevropa Ittifoqi O’zbekistonga qarshi sanksiyalarni kuchda qoldirib, Karimov rahbariyatidan inson huquqlari va qonun ustuvorligini ta’minlashni talab qilmoqda. Amerika qonunchilari va diplomatlari Yevropani bu borada quvvatlaydi. Xo’sh, AQShning o’zi-chi?

AQSh Kongressi qoshidagi Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Komissiyasi, qisqacha Xelsinki Komissiyasi, bu mavzuni muhokama qilgan.

XS
SM
MD
LG