Breaking News

Nemis to'lqini muxbirlariga qarshi jinoiy ish to'xtatildi


“Nemis to`lqini ” radiosining hamkori Yuriy Chernogayevga ko`ra, uning ustidan ochilgan jinoiy ish yaqinda e`lon qilingan amnistiya sabab to`xtatilgan.

O`zbekiston prokuraturasi dastlab Yuriy Chernogayevni soliq to’lashdan bosh tortganlikda ayblab, keyinchalik O`zbekiston prezidenti sha’nini haqoratlash, tuhmat qilish, jamoat xavfsizligiga tahdid soluvchi matereallarni tayyorlash va tarqatish ayblarini qo`ygan edi.

Yuriy Chernogayevga ko`ra, tergov ishini o`rgangan ekspertlarning xulosasi asossiz, radio jurnalistlari O`zbekistonda hamisha xolislik mezonida ish ko`rgan.

“Nemis t`olqini” jurnalistlari Obid Shabonov va Sayyora Ro`ziqulovalarga nisbatan soliq to`lamaganlik va tegishli ruxsatsiz faoliyat yuritish bo`yicha qo`zg’atilgan jinoiy ish ham amnistiyaga ko`ra to`xtatilgan.

“Nemis to`lqini” radiosi hamkorlaridan yana biri, hozirda O`zbekistondan chiqib ketgani aytilayotgan jurnalist Nataliya Bushuyevaga nisbatan qo`zg`atilgan jinoiy ish, Chernogayevga ko`ra, uning mamlakatda emasligi bois davom etmoqda.

Kuzatuvchilar jurnalistlarga qarshi boshlangan jinoiy ish sababini siyosiy maqsadlarda ko’rmoqda.

Mustaqil jurnalistlardan biriga ko`ra, O`zbekistonda hukumat jurnalistlarni istalgan paytda va istalgan maqsadda sudga tortishi mumkin. Jurnalistlar faoliayti haqidagi qarorlar O`zbekiston konstitutsiyasiga zid tarzda qabul qilingan.

Jurnalist Dilmurod Sayyidga ko`ra, jurnalistlarga bosim odatda qo’rqitish va so’z erkinligini bo`g`ish maqsadida amalga oshiriladi.

“Umida Niyozova yoki Chernogayevga nisbatan imtiyozlar hukumatni jurnalitlarga xolis munosabatini emas, balki nimalarga qodirligini ko`rsatish uchun, xohlasa jazolashi mumkinligini uqtirish uchun amalga oshirilmoqda”, - Dilmurod Sayyid

O`zbekiston dunyoda so`z erkinligini ta’qibga olayotgan sanoqli davlatlardan biri sifatida e’tirof etiladi.

So`z erkinligini himoya qiluvchi xalqaro tashkilotlar O`zbekiston bilan Yevropa Ittifoiqi o`rtasidagi muzokoralar jarayonida, mamlakatdagi so`z erkinligiga oid vaziyatni muhokamaga chiqarish lozimligini bildirib kelishadi.

XS
SM
MD
LG