Breaking News

Korrupsiya va qog'ozbozlikka botgan Jahon Bankidan umid bormi?


Jahon Banki rivojlanayotgan davlatlarga qarz beruvchi yirik moliyaviy tashkilot.

Biroq oxirgi yillarda, ayniqsa o’tgan bir yil ichida mojarolar makoniga aylangan.

Bank rahbariyati korrupsiya, qog’ozbozlik va samarasiz faoliyatda ayblanadi.

Jahon Banki bundan 60 yil muqaddam urushdan sillasi qurigan Yevropani qayta tiklash uchun ta’sis etilgan edi.

180 davlat a’zoligidagi bankka bugun zarurat bormi? Aksariyat mutaxassislar “ha” deya javob beradi, biroq bankda o’zgarishlar bo’lishi shart.

"Tashkilotning va’dalari amaldagi ishlariga to’g’ri kelmaydi. Bank bir necha yildan beri korrupsiyaga qarshi samarasiz va sust kurash olib bormoqda",- deydi Jahon Bankining sobiq xodimi Uilyam Isterli.

"Aksincha, Jahon Banki korrupsiya botqog’iga botgan davlatlarga ko’proq mablag’ berishda davom etmoqda".

Mustaqil tahlilchilarning aytishicha, bankdan qarz oluvchi 44 davlatning ko’pi korrupsiya domiga tortilgan.

Uzoq yillar davomida bankning Markaziy Osiyodagi loyihalarini boshqargan, hozir iste’foga chiqqan Dennis De Trey nazarida bank bir vaqtning o’zida haddan ziyod ko’p ish qilishga harakat qiladi.

"O’ta kattalashib, sifatini yo’qotgan",- deydi Dennis De Trey.

"Jahon banki qudratli institut, u oshkora faoliyati yuritishi lozim",- deb hisoblaydi respublikachi kongressmen, bankning sobiq xodimi Mark Kirk.

Amerika Xalqaro Taraqqiyot Agentligi bor-yo’g’i yetti davlatga qarz beradi, Jahon Banki esa 40 mamlakatni mablag’ bilan ta’minlaydi.

Agentlik xodimi Adam Lerrik fikricha hozir Jahon Bankining iqtisodiy taraqqiyotga aloqasi yo’q hisob.

"O’ta byurokratik idora. Kambag’al davlatlarga yordamlashish bobida xususiy sektor bankka qaraganda ancha samarali ishlamoqda",- deydi u.

Jahon Bankining sobiq prezidenti Pol Vulfovits qo’l ostida ishlagan ma’shuqasining oyligini oshirgani uchun, bank xodimlari bosimi ostida ishdan ketishga majbur bo’ldi.

Prezident Bush bank rahbari lavozimiga AQSh Davlat kotibining sobiq muovini Robert Zollik nomzodini taklif qilgan.

Odatda Jahon Banki prezidentini AQSh hukumati tanlaydi. Bank bilan bir tizimga kiruvchi Xalqaro Valyuta Jamg’armasi rahbarini esa Yevropa davlatlari.

XS
SM
MD
LG