Breaking News

O'zbekiston-Tojikiston aloqalari tarangligicha qolmoqda


Oxirgi 10 yilda O’zbekiston-Tojikiston aloqalarida ijobiy o’zgarish qayd etilmagan.

Tojikistonlik o’zbek shoiri Ahli Rasul Muhammad mamlakatlar o’rtasidagi sovuqchilikda ziyolilar va davlat rahbarlari aybdor deydi.

"Shoirlar o’z asarlarida bir elni boshqasidan ustun ko’rsatib yozsalar, tarixchi olimlar o’z bilganlarini yozadilar. Tojikiston va O’zbekiston o’rtasidagi aloqalar rahbarlarga bog’liq bo’lib qolmoqda", - deydi AhIi Rasul Muhammad.

Tojik jurnalisti, mustaqil “Varorud” gazetasi siyosiy sharhlovchisi Ne’matullo Mirsaidov O’zbekiston prezidenti Islom Karimovning Dushanbega tashrifi viza tartibi bekor qilinishiga olib keladi degan gaplarga ishonmaydi.

“O’zbekiston va Tojikiston munosabatlari, Islom Karimov va Imomali Rahmon shaxsiy ambisiyalaridan voz kechmas ekan, mo’tadil bo’lmaydi. Hozir viza tartibini bekor qilish haqida so’z yuritib bo’lmaydi. Shoyad boshqa davlatlar rahbarlari Karimovni Yevrosiyo Iqtisodiy Hamjamiyati qoidalarini bajarishga undasa. Ammo gumon qilamanki, Rossiya bu ishga qo’l urmaydi. Qozog’iston ham O’zbekiston bilan munosabatlarini sovutishni istamaydi. O’ylaymanki, hali-beri oddiy xalq bu masalada yengillik ko’rmaydi”, - deydi Mirsaidov.

Ammo Tojikiston parlamentining sobiq deputati, o'zbek jurnalisti, Abdurasul Habibov qardosh davlatlar o’rtasidagi sovuqlikni shaxslarga bog'lamaydi.

Uning aytishicha, tojik va o’zbekni ayiruvchilar hech qachon maqsadlariga erisha olmaydilar.

“O’rtadagi sovuqchilik ham xudoning irodasi. Bunga qarshi borib bo’lmaydi. O’zbek-tojik o’rtasida qandaydir uchinchi kuch harakat qilayotgani haqidagi gaplarga ham qo’shilolmayman. Ularni o’rtasidagi sovuqlikni shaxslarga ham bog’lash xatodir. Ikki xalqni ajratish siyosati nech qachon uzoq davom etmaydi”,- deydi Habibov.

XS
SM
MD
LG