Breaking News

Tojikistonda o'zbeklar o'z tiliga e'tibor va hurmat so'ramoqda


Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon davlat tili haqidagi qonunni yangilamoqchi. Amaldagi qonunga binoan tojik tilidan tashqari o’zbek tiliga ham e’tibor qaratilgan bo’lib, o’zbeklar yashovshi tumanlarda ona tilida ish yuritiladi.

Lekin yangi qonun loyihasida esa Tojikiston aholisining 25 foizga yaqinini tashkil etuvchi bu jamoa haqida biron jumla yo’q.

Loyiha Oliy Majlisga topshirilgani zahoti Rossiya dumasida ayrim deputatlar unga qarshi fikrlar bildirgan edi. Hatto, Tojikistonga viza tartibi joriy etish borasida so’zlar bo’ldi. Chunki prezident Rahmon mamlakatda tojik tili asosiy til bo’lsin, rus tili rasmiy muomaladan chiqarilsin degan taklifni olg’a surmoqda.

Tojikiston Yozuvchilar Uyushmasi a’zosi, adib Bobojon Ikromov fikricha “bu kabi keskin qonun uchun Tojikistonda hali etarli sharoit yo’q”.

Mamlakatning taniqli o’zbek jurnalisti Tursunali Aliyev bu muhim qonun loyihasi muhokamasida o’zbek jamoasi qatnashmayotganidan kuyunadi. Uning nazarida bu taklifga qarshi Rossiya Dumasi a’zolari bosh ko’tarayotgan bir vaqtda Tojikistondagi o’zbeklar birdamlikda bir ovozdan o’z fikrini bildirishi kerak. Aks holda, deydi u, Tojikistonda boshqa millatlarning til va erkinliklariga qaysidir bir darajada ko’rinmas to’siq qo’yiladi.

“Bu degani, kelgusida bu qonun bilimi past odamlarning qo’liga tushib, ular buni bayroq qilib milliy nizolarni ko’tarishi mumkin. Chunki Tojikistonda xalqlar bir bo’lib yashar ekan, avvalo murosa va o’zaro hamjihatlik kerak. Til haqida alohida qonunning zo’raki qabul qilinishi o’rinsiz. Tojikistonda shu kechayu-kunduzdagi sharoitda shu narsa shart emas, amaldagi qonun hech kimga zarur keltirmayapti,- deydi ziyoli.

Tojik jurnalisti No’mon Rajabzodaning fikricha uning ona tili davlat himoyasiga muhtoj.

“Tilimiz himoyaga olinmasa boshqa tillar ta’siri ostida ehtimol oz mavqeini qo’ldan berib qo’yishi mumkin”,- deydi u.

Yosh o’zbek olimlaridan biri siyosiy bosim haqida gapiradi.

O’zbeklar, uning nazarida, hukumat bosimidan xavfsirab fikrini ochiq bildira olmayapti.

O’zbek shoiri Ahli Rasul Muhammad esa "oddiy gap daryoning yuzidagi ko’piklarni ifodalasa, she’r tubidagi javohirlarni ifodalaydi" deya o'z ijodidan namuna taqdim etadi.

Siz aytgan har bir so’z, egrimas, to’g’ri,
Siz mo’min musicha, biz-mushuk, o’g’ri,
Nohaq bo’lsangiz ham, baribir-haqsiz,
Chunki Siz dunyoda tanho-mutlaqsiz.
Biz-qora fuqaro, Siz-buyuk millat.
Biz-g’irt illatdirmiz, Siz-nuqul himat.
Sizga teglashmoqqa yo’l bo’lsin bizga,
Axmoq bo’libmizmi, teglashib Sizga.

Tojik jurnalisti Jo’ra Yusufiy ta’biricha til haqidagi yangi qonun loyihasi hozirgi ko’rinishida qabul qilinsa, respublikada o’zbek tilida chiqayotgan davlat gazeta-jurnallari faoliyati to’xtatilishi mumkin.

“Agar ish o’zbek matbuotini cheklshgacha borsa, masala xalqaro matbuot va inson erkinligi haqidagi qonunlar, boringki, Strasburgdagi inson huquqlarini himoya qilish sudigacha borib yetadi”,- deyd

Shu mavzuda

XS
SM
MD
LG