Tojikiston poytaxti Dushanbeda, Eron va Afg'oniston hamkorligida yangi xalqaro telekanal ish boshlash arafasida ekan, Tojikiston aholisining kamida 25 foizini qoplagan o'zbeklarga respublika elektron ommaviy axborot vositalarida qanchalik o'rin berilmoqda?
Bundan ikki yil oldin Tojikistondafaqat bitta umummamlakat telekanal mavjud edi.
Hozir Tojikiston yer yo'ldoshi orqali
jahonga tarqatiladigan birinchitelekanaldan tashqari, "Safina"
hamda"Bahoriston" nomli alohida telekanallarga ega. Radioto'lqinlarda ham
efir vaqti ko'paytirilgan.
Tojikiston "Xovar" informasion agentligi bo'lim mudiri Nyo'monjon Faxriddinovga
ko'ra, oldinlari respublika radiosida o'zbek tilida faqat 15 minutlik axborot
berilgan xolos.
Respublika radiosi o'zbek bo'limi xodimi Otabek G'oyibovning
harakati bilan o'zbekcha eshittirishlar vaqti haftasiga bir soatga
kengaytirilgan. Lekin respublika televideniyasida ko'rsatuvlar miqdori aholini
qoniqtirmaydi. Faxriddinov fikricha, Tojikistonda mavjud uch telekanalning
hammasida ham o'zbekcha ko'rsatuvlar tashkil etishga imkon yo'q.
"Biz ham Tojikistonbirinchi telekanalida oyiga bir soatlik vaqt olishga
harakat qilyapmiz. Bu bo'ladi. "Bahoriston" telekanali tojik farzandlariga
mo'ljallangan. "Safina" telekanali esa faqat tojik madaniyati va hayotiga
bag'ishlangan telekanallar hisoblanadi. Bu kanallarga biz kira olmaymiz,"
- deydi No'monjon Faxriddinov.
Respublikaning shimoliySo'g'd viloyatida keyingi 12
yil mobaynida, bilgan kishilarning aytishicha, televideniyeda oylik o'zbekcha
ko'rsatuvlar 50 foizga, radioeshittirishlar esa qariyb 70 foizga qisqarib
ketgan.
Xujand Davlat Universitetijurnalistika kulliyoti o'qituvchisi Sayunboy
Tilabovning aytishicha, respublika elektron ommaviy axborot vositalarida
o'zbekcha chiqishlarga ajratilgan vaqt avvaldan o'zgarmasdan kelmoqda. Ammo
uning fikricha, o'zbeklar uchun eshittirish va ko'rsatuvlarga ko'proq vaqt
ajratilishi ijobiy hisoblanardi.
Tojikistonlik taniqli qalamkash Ahli Rasul Muhammad respublikada o'zbekcha
ko'rsatuv va eshittirishlar tashkillanishida milliylikka urg'u bermaydi va bu
masalani ahamiyatsiz hisoblaydi. Uning fikricha, bugungi sivilizatsiya
taraqqiyoti asrida milliy mahdudlikka berilmaslik kerak.
"O'zbegu-tojik deganlari hammasi nisbiy bir farqlanish, belgilar hisoblanadi. Bu
masala u qadar ahamiyat kasb etmaydi," - deydi o'zbek yozuvchisi.
Jurnalistika kulliyoti o'qituvchisi Suyunboy Tilabov ham Tojikistonda asosan
o'zbeklar yashovchinohiyalarda ommaviy axborot-tashviqot vositalarini
ko'paytirishga ehtiyoj ko'rmaydi.
"Bu narsa uchun ehtiyoj sezilmaydi deb o'ylayman. Chunki jumhuriyat
televideniyesi va radiosida eshittirishlar berilmoqda. Davlat tilini hamma
o'rganmoqda. Maktablarda tojik tiliyaxshi o'rgatilmoqda. Shuni uchun
rayonlarda o'sha yer aholisi tilida radiotelevideniyelar tashkil etishga hozir
zarurat yo'q deb o'ylayman," - deydi Tilabov.
Ko'proq o'zbeklar yashaydigan nohiyalarda istiqomat qiluvchi
teletomoshabinlarning guvohligiga qaraganda, So'g'd viloyatida o'zbekcha
ko'rsatuvlar ularning talablariga javob bermaydi.
"Oxirgi 3-4 yil orasida nafaqat o'zbekcha ko'rsatuvlar qisqarib ketdi. Hatto
o'zbekcha qo'shiqlar eshitilmay qoldi. Masalan, "Aziya", "CM-1" kanallarida
qo'shiqlar berilmaydi. Viloyat televideniyesida "Oqshom" degan ko'rsatuv juda
qisqartitirlgan holda beriladi. Shunda ham kerak bo'lsa tojikchaqo'shiq
qo'yib yuboradi," - deyishadi So'g'ddagi o'zbek tomoshabinlar.