Yaqinda Tojikiston-O’zbekiston chegarasidagi otishmada Tojikiston fuqarosi halok bo’lgan.
Chegarani noqonuniy kesib o`tgan bu shaxs o`zbek chegarachisi tomonidan o’qqa tutilgan.
Fuqarolarning minadan halok bo`layotgani ham sir emas.
O`zbekiston qo`shni davlatlar bilan chegarani minalagach, Tojikiston bilan bir tomonlama viza tartibini joriy etgan. Tojikiston ham javob tariqasida shunday yo`l tutgan.
Yaqinda chegaralarni tozalash ishlari olib borilayotgani haqida xabarlar paydo bo'ldi.
Biroq chegaralar minadan tozalanganmi, yo`qmi aniq emas.
20 noyabrda Yevrosiyo Iqtisodiy Hamkorligi delegatsiyasi Tojikistonda prezident Imomali Rahmon bilan uchrashgan. Tashkilot rasmiylari Tojikiston-O’zbekiston o’rtasida viza tartibini bekor qilishni taklif qilmoqda.
O`zbekiston yaqinda Qirg`iziston bilan viza tartibini bekoq qildi.
Rasmiy Toshkent noroziligiga sababchi omillardan biri bu suv muammosi. Tojikistonda yangi gidroelektr inshootlari qurilmoqda. Toshkent nazarida bu O`zbekiston qishloq xo`jaligida suv tanqisligini keltirib chiqarishi mumkin.
Tojikiston elektr quvvatini asosan O`zbekistondan oladi, biroq bu bilan energiyaga talab qondirilayotgani yo'q.
Mintaqada suvdan foydalanish bo`yicha hukumatlararo komissiya tuzilgan, biroq uning xulosalari jamoatchilikka e’lon qilinmayapti.