Sharhlovchilar fikriga ko'ra, O’zbekiston tashqi siyosatda qat’iy o'zgarishlar rejalamoqda.
Markazi Moskvada joylashgan Yevrosiyo Iqtisodiy Hamjamiyati O’zbekiston shu mazmunda ariza berganini tasdiqlagan.
Biroq unda qanday sabablar ko`rsatilgani noma’lum. O’zbekiston prezidenti Islom Karimovning sal avval Yevrosiyo Iqtisodiy Hamjamiyati haqida aytgan fikrlari hozir yana esga olinmoqda.
MDH rahbarlarining Sankt-Peterburgdagi sammitida prerzident hamjamiyat samarasiz ishlayotgani, uni Kollektiv Xavfsizlik Shartnomasiga qo`shish kerakligini aytgan.
Belarus, Rossiya va Markaziy Osiyo davlatlaridan iborat bu tashkilot erkin savdo hududi yaratish, bojxona masalalarini muvofiqlashtirishni maqsad qiladi.
Tahlilchilar fikricha, Yevrosiyo Iqtisodiy Hamjamiyati rasmiy Toshkent uchun iqtisodiy ittifoq emas, balki sharoit taqozosi bilan, siyosiy qalqon sifatida muhim edi.
Sharhlovchi Bahodir Musayevning aytishicha, O`zbekiston Yevropa tomon burilmoqda. Xavfsizlik masalasida Rossiyaga tayanish qiyin ekani ayon bo’lmoqda.
“Bundan tashqari, Rossiya moddiy imkoniyatlariga qaramasdan, fan rivoji, yuqori texnologiyalar bo’yicha biror arzirli loyihani amalga oshirmadi. Asosan, xom ashyo bazasidan foydalanish siyosati ko’zga tashlandi. Bunday sharoitda integratsiyaning amalga oshishi gumon. Shuning uchun O`zbekiston boshqa yo’l izlayotgan bo`lishi mumkin”, - deydi Musayev.
Yevosiyo Iqtisodiy Hamjamiyati nizomiga ko`ra, O`zbekiston qo`shni davlatlar – Tojikiston va Qirg`iziston bilan cheraga savdo aloqalarini rivojlantirish haqida hujjatlar imzolanishi kerak edi. Biroq loyihalar amalga oshmadi.
Andijon fojealaridan so'ng g'arb tanqidiga uchragan O'zbekiston Rossiya bilan ittifoqchilik bitimi imzoladi, Rossiya yetakchiligidagi Yevrosiyo Iqtisodiy Hamjamiyati va Kollektiv Xafsizlik Shartnomasi Tashkilotiga a`zo bo`ldi.
Keyingi paytda Yevropa Ittifoqi va O`zbekiston o`rtasida aloqalar bir qadar tiklandi, Ittifoq a`zosi Latviya va Bolgariya prezidentlari O`zbekistonda rasmiy tashrif bilan bo`ldi. Islom Karimov Bolgariyaga taklif qilingan.
Bahodir Musayevning aytishicha, Yevropa-O`zbekiston munosabatlarida inson huquqari masalasi emas, geosiysiy manfaatlar ustunlik qilmoqda.