10 dekabr - Xalqaro inson huquqlarini himoya qilish kuni nishonlanmoqda. So’nggi paytda O’zbekiston bu borada tez-tez tanqid ostiga olinadi. Ayniqsa qiynoqlarga solish amaliyoti uchun. O’zbekiston hukumati BMTning qiynoqlar sistematik ravishda qo’llanadi, degan fikriga qo’shilmaydi.
BMTning qiynoqlar bo’yicha maxsus vakili Teo van Boven 2002 yili O’zbekistonda mazkur muammoni o’rganib, qiynoqlarning oldini olish uchun qator tavsiyalar bergan. Van Bovendan keyin bu lavozimni egallagan Manfred Novak O’zbekistonga yana tashrif buyurmoqchi, biroq hukumat bunga haligacha rozilik bermagan.
“Hukumat iltimosimni qondirmayaptimi, demak ular nimanidir yashirmoqda, degan Novak “Ozodlik” radiosiga bergan )