Bir necha kun avval g’oyib bo’lgan muxolifatchi shoir Yusuf Juma o`g`li Alisher orqali ochiq xat e`lon qilgan. Maktub AQSh prezidenti va Yevropa Ittifoqi rahbariyati nomiga yozilgan.
Alisherning aytishicha, ochiq xatda Yusuf Juma oilasiga qarshi taz’yiq o’tkazilayotgani, oilasidan 6 kishiga nisbatan jinoiy ish ochilgani, bu tazyiqlardan himoya qilishlarini so`ragan. Shoirning yozishicha, bu tazyiqlar tuzumni tanqid qilayotgani uchun ko`rsatilmoqda.
10 dekabr kuni Yusuf Jumaning uyi maxsus xizmat vakillari tomonidan o`rab olingan. Shundan so`ng unga nima bo`lgani, qayerdaligi no`malum qolayotgan edi.
Buxoro viloyat Ichki ishlar boshqarmasi shoirni militsiya xodimlariga hujum qilganlikda ayblab, qidiruvga bergan.