Qirg’iziston Oliy Sudi parlamentga kirish uchun Markaziy Saylov Komissiyasi tomonidan belgilangan yarim foizlik marrani bekor qildi.
Qoidaga ko’ra Jokorgu Keneshdan joy olish uchun partiyalar mamlakat bo’ylab kamida 5 foiz, har bir regionda esa kamida yarim foiz ovoz to’plashi kerak edi. Buning uddasidan faqatgina prezident Qurmanbek Bakiyevning “Ak Jol” partiyasi chiqqan. Biroq aynan “Ak Jol” saylov komissiyasining yarim foiz marra haqidagi qoidasini qayta ko’rib chiqishni so’rab sudga murojaat etgan edi.
Oliy Sud qarori saylovlarda 9 foizga yaqin ovoz olgan “Ota-Makon” partiyasiga 90 o’rinli, bir palatali parlamentga kirishga imkon beradi. Qonunga ko’ra, saylovlarning yakuniy natijalari ulardan uch kun o’tgach e’lon qilinishi kerak. Ya’ni 19 dekabr kuni.