Breaking News

AQSh asoschilari uchun Oq Uyni vaqtida bo'shatish muhim bo'lgan


AQSh Konstitutsiyasiga ko’ra, bir shaxs prezidentlikka ikki martadan ortiq saylana olmaydi.

Amerika rahbarini dunyodagi eng qudratli odam deb atash mumkin, lekin u ham konstitutsiyaga xilof ish tuta olmaydi.

AQShda prezidentlik muddati to’rt yil. Tugagach, u Oq Uyni bo’shatadi. Bu davlat asoschilari buni aniq va lo’nda qilib belgilagan.

Xalq rahbarni qanchalik sevmasin, u naqadar kuchli siyosatchi bo’lmasin, hech kim qonundan ustun emas.

AQShning birinchi prezidenti Jorj Vashington ikki marotaba prezident bo’lgach, kursisini bo’shatgan. Vashington lavozimdan vijdonan ketgan, deydi Jorjtaun Universiteti professori Mark Rom.

"Prezident Vashington odamlarning shaxsga sig’inishga berilishini istamagan. Respublikaning monarxiyaga aylanishini istamagan. Vashington prezidentlar ikki martadan ortiq saylansa, xalqqa xizmat qilishi kerakligi yodidan chiqib, lavozimda umrbod qolib ketishidan qo’rqqan".

AQSh davlati asoschilari saylovlarga ko’p-partiyaviylik va xilma-xil nomzodlar uchun imkoniyat sahnasi sifatida qaragan. Busiz taraqqiyot bo’lmaydi degan ular. Uillis Grant, respublikachi prezident ikki muddatdan keyin, 1880 yili, uchinchi bor saylanishga uringan. Saylovda boy bergan.

1912 yili Teodor Ruzvelt ham uchinchi muddatga saylanishga harakat qilgan. 1901 va 1901 yillarda saylangan Ruzvelt Respublikachilar partiyasini tark etib, yangi partiyaga asos soladi. Saylovda respublikachi nomzod Vilyam Xovard Taftdan ustun keladi, biroq xalq pirovardida prezidentlik uchun demokratlar nomzodi Vudrov Vilsonni tanlaydi.

AQSh tarixida prezidentlikka ikki muddatdan ortiq saylangan yagona shaxs bu Franklin Delano Ruzvelt. 1940 yilgacha ikki bor saylanib bo’lgan edi. Yevropa va Osiyoda Ikkinchi Jahon Urushi avj olar ekan, demokrat prezident uchinchi va tor’tinchi bor saylanishga muvaffaq bo’ladi. Lekin falaj kasalligiga chalingan Ruzvelt to’rtinchi muddati oxirigacha yetmaydi.

"Gap shundaki, xalq og’ir bosim ostida ekan, ba’zida har qanday davlatda ham rahbarlar qayta saylanishi mumkin. Bu siyosiy haqiqat. Xalq ba’zida siyosatrni va rahbarlarni o’zgartirmaslikni ma’qul ko’radi",- deydi tarixchi Lorenzo Morris.

Kongress1946 yili respublikachilar boshchiligida konstitutsiyaga o’zgartirish kiritib, prezident vakolatini cheklashga, ikki martadan oshiq saylanishni ta’qiqlashga qaror qiladi. Bu respublikachilar talabi bo’lgan deydi Mark Rom.

"Respublikachilar uchun liberal prezidentlarning qayta qayta saylanishi albatta ma’qul emas edi. Ularning hokimiyat tepasida uzoq qolmasligi uchun ham shunday qaror qabul qilingan".

Konstitutsiyaga kiritilgan 22-o’zgartirish 1951 yilga borib barcha shtatlar tomonidan ratifikatsiya qilingan va shu tariqa kuchga kirgan. Agar kimdir oldingi prezident vafot etganda yoki bevaqt lavozimidan ketganda, bu o’rinni egallasa, muddat tugagach yana ikki bor saylanishga haqli. Bunga qarshi chiqayotganlar bor, lekin hozircha amaldagi qonunni yoqlovchilar ko’pchilikni tashkil etadi.

XS
SM
MD
LG