Qo’shma Shtatlar muhojirlar davlati. Bu yerda dunyodagi barcha davlat, millat va elat vakilini uchratasiz.
Madaniyatlar, an’analar va qarashlar uyg’unligi uchun bundan qulay muhitni topa olmaydi kishi. Ingliz tili umimiy til, ammo keyingi yillarda amerikaliklarning xorij tillariga qiziqishi kuchaygan.
Virjiniya shtatida Kent Garden degan maktab bor. O’quvchilari soni 900 dan oshiq. Chet tili darslarida bolalar o’rganilayotgan til olamiga sho’ng’iydi. Maktabda asosan fransuz tiliga urg’u beriladi.
Fransuz tili o’qituvchisi Enni Dvayer bolalar kunning birinchi yarmida aniq fanlarni, qolgan qismida esa gumanitar fanlarni o’rganadi deydi. Hamma dasrlar faqat fransuz tilida.
Roza Ahmad – musulmon. “Ota-onam ko’p til va madaniyatlardan boxabar bo’lishimni istaydi”,- deydi u.
Muallim Kristin Berodet fikricha bola chet tilida qancha ko’p gaplashsa va tinglasa, tili shuncha tez yoziladi.
“O’zga xalq va madaniyatlarga nisbatan bag’rikeng bo’lishni o’rganadi”,- deydi muallima.
Lekin ayrimlar nazarida chet tillariga ixtisoslashgan maktab o’quvchilari ona tiliga e’tiborsiz bo’ladi. Ingliz tili muallimi Richard Gordon bu bo’lmagan gap deydi.
Chet tili darsidan chiqib, mening ma’ruzamga kelgan bolalar inglizchada bemalol gaplashadi. Fikrini aniq va tushunarli qilib bayon etadi.
Bolalarni qiynayotgan mavzular bor. Fransuz tili dasturi qatnashchisi Kimia Zadeganning aytishicha:
“Ba’zida atamalarni fransuz tilida o’rganamiz. Imtihon paytida esa savollar ingliz tilida beriladi. Adashib ketaman”,- deydi o’quvchilardan biri.
Murabbiylar nazarida tobora o’zgarib boradigan dunyoda bola kamol topishi uchun u ham zabon, ham madaniy-ma’rifiy jihatdan kuchli bo’lishi lozim.
Amerika ta’lim tizimi va bu mamlakatda bilim olish imkoniyatlari haqida Internetdagi sahifamiz amerikaovozi.comda ko’plab ma’lumotlar topasiz. Savollar bo’lsa, ularni uzbek@voanews.comga yo’llang.