Breaking News

Amerikada internet orqali ta’lim olish tobora kengaymoqda


A man herds horses in the Inner Mongolia region of China. (Photo submitted by Zuopeng Zhang to VOA Photo Contest)
A man herds horses in the Inner Mongolia region of China. (Photo submitted by Zuopeng Zhang to VOA Photo Contest)

Amerikada internet orqali ta’lim olish tobora kengayib borayotgan soha. Nafaqat oliy o’quv yurtlarida, balki maktablarda ham. Masofadan turib dars olish sistemasi avvaliga qishloq joylarida joriy etilgan bo’lsa, bugun shaharlarga ham kirib kelmoqda.

Lavel Vols o’z uyida kompyuter orqali matematikadan dars olmoqda. O’qituvchisi boshqa bir shaharda, 40 kilometr narida. Bolakay besh yoshidan beri shu usulda bilim oladi. Hozir yoshi 11 da, beshinchi sinfda o’qiyapti, deydi uning onasi Anita.

“O’g’lim matematika va tabiiy fanlarga juda qiziqadi. Hozir 6-7-sinf darsliklarini maza qilib o’zlashtiryapti” , - deydi ona.

Yangi tizim qanchalik ishonchli?
Yangi tizim qanchalik ishonchli?
Onlayn ta’lim olishning ustun jihati ham shunda. Ixtisoslashtirilgan jadval asosida va o’zingizga qulay vaqtda darslar olish mumkin.

Anita Vols boshida farzandiga o’zi, uyda repetitorlik qilmoqchi bo’ldi. Izlanib qarasaki, Vashingtonda internet orqali o’qitadigan maxsus maktab bor ekan. Ishni ularga topshirdi, qo’ydi.

Endilikda ona ko’proq vaqtini kenja o’g’li Zakariga chizish-yozishni o’rgatish bilan o’tkazadi. Uni ham onlayn dasturga yozdirib qo’ygan.

“Bolangiz bog’chaga, undan keyin birinchi, ikkinchi, uchinchi sinfga qadam qo’yganida, ota-onadan yaxshiroq ustoz yo’q”, - deydi Anita Vols.

Bugun virtual mashg’ulotlarning mijozi ko’p. K-12 deb nomlangan xususiy kompaniya bu sohada yetakchilardan. Jeff Kvitovskiy – kompaniya vitse-prezidenti.

“Butun Amerika bo’ylab 250 ming bola shu tarzda dars olayotgan bo’lsa, taxminan 100 ming nafari bizning dasturga yozilgan”, deydi Jeff Kvitosvkiy.

Maktabda xuligan-bezorilardan ozor chekkan, tengdoshlari bilan kelisha olmagan bolalar uchun qulay usul...
Maktabda xuligan-bezorilardan ozor chekkan, tengdoshlari bilan kelisha olmagan bolalar uchun qulay usul...
Lavelning o’qituvchisi Syuzan Konvey shu kompaniya xodimi. Avval maktabda ishlagan.

“Maktabda xuligan-bezorilar qo’lidan ozor chekkan yoki tengdoshlari bilan kelisha olmagan bolalar uchun juda qulay programma”, - deydi Konvey.

Lekin AQSh Ta’lim Uyushmasi prezidenti Dennis Van Rokel endi kurtak otayotgan sohaga ishonib yuborayapmiz, deydi:

Nazarimda, yuzma-yuz muloqot katta ahamiyatga ega, ayniqsa, kichik yoshdagilar uchun. Qulay bo’lsa-da, virtual sinfxonalar hali sinovdan o’tmagan. Ta’lim sohasi egalari masalani o’rganib, bir qarorga kelishi kerak.

Anita Vols esa farzandlari uchun to’g’ri yo’lni tanlaganiga ishonchi komil.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG