Breaking News

Bug'doy va un narxi osharkan, ocharchilik xavotiri kuchaygan


Jahon bo’ylab bug’doy narxi misli ko’rilmagan darajada o’smoqda. Iqtisodchilar buning bir necha sababi bor deydi. Jumladan ob-havoning yomonlashishi, bug’doyga talab oshgani hamda eksport miqdorining kamaygani.

Bu ham yetmagandek, fermerlar ko’proq makkajo’xori ekishga tushgan – undan etanol olinadi. Natijada oziq-ovqat qimmatlashmoqda.

Novvoy Pam Viks oq un tobora qimmatlashib boryapti deydi:

”Ishongim kelmaydi. Un deyarli bir kechaning o’zida qimmatlashdi.”

Atigi bir necha hafta oldin novvoy 23 kilo unni 15 dollarga sotib olar edi. Hozir esa narxi deyarli 40 dollar.

“Bir amallashga harakat qilayapmiz albatta, lekin menimcha yaqinda orada non narxini ko’tarishga to’g’ri keladi”, - deydi novvoy.

Unning qimmatlashuviga rivojlanayotgan davlatlarda mahsulotga talab oshgani sabab qilib ko’rsatiladi. Buning ustiga, muqobil energiya manbalari qidirilmoqda. Etanol makkajo’xoridan olinar ekan, fermerlar uni ko’proq ekib, bug’doy dalalarini qisqartirmoqda.

AQShning bug’doy zahiralari ham ko’p emas. Bug’doy ekishning ayni payti, deydi fermer Jo Kejr.

“Butun umr fermerlik qilib, bug’doy narxi shuncha o’sganini ko’rmaganman.”

Natijada makaron mahsulotlari ham qimmatlasha boshlagan. Yaqin orada non narxi 20 sentga oshadi. Iqtisodchilar fikricha inflyatsiya sabab endi oziq-ovqat avvalgidek arzon bo’lmaydi. Iqtisodchi Vik Lespinass:

“Xorijda, rivojlanayotgan davlatlarda talab oshgan. Hukumatlar ham etanol ishlab chiqarishga zo’r bermoqda. Demak narxlar ham oshaveradi.”

Inflyatsiya ta’siri butun dunyo bo’ylab sezilmoqda. Xorijiy oziq-ovqat kompaniyalari AQSh va Qozog’iston kabi davlatlardan katta miqdorda bug’dor sotib olayapti.

XS
SM
MD
LG