Breaking News

Suv bo’lmasa, tok ham yo’q


Suv bo’lmasa, tok ham yo’q
Suv bo’lmasa, tok ham yo’q

Ekologlar bugun dolzarb muammo bilan yuzlashmoqda – energiya ishlab chiqarishda suv sarfiyati, ayniqsa, qurg’oqchilik hukmron davlatlarda.

Neft yoki muqobil energiya manbalariga ishlov berishda juda ko’p suv kerak.

Energetika sektorida suv eng muhim vositalardan biridir. Amerikada 50 foiz elektr energiyasini ta’minlovchi ko’mirni oling; konchilik, mahsulotni tashish, jihozlarni sovutib, moylash va ta’mirlash uchun suv zarur.

Yadro zavodlarida elektrodlarni sovutish va turbinalarni ishga tushirish uchun aynan ob-hayot qo’llanadi. Bioyonilg’i sohasida esa ekinni sug’orish, fermentlash, etanol kabilarni ishlab chiqarishni ham suvsiz tasavur qilish qiyin.

Iqlimni kuzatuvchi “Worldwatch” instituti ilmiy xodimi Aleksandr Oks bunga qancha suv ketishini chamalaydi.

Suv bo’lmasa, tok ham yo’q
Suv bo’lmasa, tok ham yo’q

“Ko’mirdan soatiga bir megavatt energiya hosil qilish uchun 4 mingdan 8 ming litrgacha suv kerak bo’ladi. Amerikadagi barcha zavodlarni, bug’ yordamida ishlovchi jamiki zavodlarni olsak, 2008-yilda hammasi uchun trillionlab litr suv topilgan. Bir yil uchun ketgan mahsulot bu”, - deydi u.

Suv yo’qmi, energiyaning deyarli hamma turi ham yo’q deyish mumkin. Hatto muqobil energiya manbalari, jumladan, quyosh panellari shunga muhtoj; texnikani sovutish va tozalash bor, axir.

Bu ehtiyojlar natijasida Kaliforniya, Massachusets va boshqa shtatlarda ayrim GES, AESlar vaqtincha yopilgan.

“Havosi issiq, suv shundog’am tanqis shtatlarda energiya ishlab chiqaruvchi bir necha zavod yopiq bugun. Butun Amerika bo’ylab shu ahvol ayni damda”, - deydi Oks.

Deyvid Braun AQSh janubida ocean va atmosfera tozaligini kuzatuvchi dasturlarni yuritadi. Bu loyihalar natijasida iqlimdagi har qanday o’zgarishlar qayd etib boriladi. Issiq shtatlardagi jazirama oxirgi bir asrda eng og’iri deb ko’rilar ekan, bu energetika sanoatini ham jildirishi aniq.

Suv bo’lmasa, tok ham yo’q
Suv bo’lmasa, tok ham yo’q

“Energetika kompaniyalari suvdan tejab-tergab foydalanishga majbur bo’lmoqda bugun. Ko’mirni tozalovchi fabrika bo’ladimi, tabiiy zaxiralarni qazib olish bo’ladimi, haqiqat bilan hisoblashishga majbur. Iqlim o’zgarishda davom etgani sari kompaniyalar ob-hayot bundan keyin kamayib borishini binoyiday tushinadi”, - deydi Braun.

Ekspertlar deydiki, Amerika g’arbi va janubida yaqin bir necha 10 yillarda suvga bo’lgan talab yanada oshadi.

Amerika qishloq xo’jaligi ham suvni energetika sektori bilan deyarli teng iste’mol qiladi.

Soni oshib borayotgan aholi, qishloq xo’jaligi va energetika sanoati tashnaligi kuchayib borar ekan, hukumat yechim bilan chiqishi kerak bo’ladi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG