Breaking News

Kambag'al davlatlar Yevropa Ittifoqidan yetarli ko'mak olmayapti


Xayriya tashkilotlari nazarida Yevropa Ittifoqi qashshoq davlatlarga berayotgan yordamini oshirib ko’rsatishga urinmoqda.

Ittifoq 2010 yilgacha 120 milliard dollarga teng yordam ajratishga va’da bergan, biroq bu amalga oshmasligi mumkin.

1600 xayriya tashkilotini o’z ichiga olgan koalitsiya Yevropa Ittifoqini xorijiy ko’mak sifatida yetarlicha mablag’ ajratmayotganlikda ayblagan.

Oxfam tashkiloti vakili Aleksandr Vulkombning aytishicha yordam ko’lami hozirgidek davom etsa, ko’zlangan maqsadga erishib bo’lmaydi.

27 a’zoli Yevropa Ittifoqi yalpi milliy mahsulotining 0.7 foizini kambag’al mamlakatlar taraqqiyoti uchun sarflashga so’z bergan, biroq hozirda shuning yarmi ajratilmoqda.

Xitoy va Birmani tabiiy ofatlar, Somali va Sudanni qurg’oqchilik va urushlar, boshqa ko’plab davlatlarni qimmatchilik qamrab olgan bir sharoitda, Yevropa Ittifoqi tashqi ko’mak tizimini takomillashtirishi lozim, deydi nohukumat tashkilotlar.

Aleksandr Vulkombning aytishicha, Ispaniya va Britaniya yaqinda yordamni oshirishini bildirgan. “Ittifoqi bir qancha ko’rsatkichlar bo’yicha AQShdan oldinda”, - deydi Oksfam tashkiloti xodimi.

XS
SM
MD
LG