Breaking News

Kreml Ukraina va Gruziyani NATOga a'zolik yuzasidan ogohlantirdi


Rossiya Ukraina va Gruziyaning NATO tashkilotiga kirishiga qarshi. Bu haqda prezident Dmitriy Medvedev Sankt-Peterburgda, sobiq Sovet davlat rahbarlari yig’ilishida bayon qilgan.

Ukraina va Gruziya rahbarlari Rossiya bilan munosabatlar murakkab ekanini tan oladi, biroq xohish va iroda bo’lsa muammolarni hal qilish mumkin degan fikrda.

Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov “Gruziyaning NATOga kirishi Abxaziya va Janubiy Osetiyaga tinchlik olib kelmaydi”, - deydi. Aksincha, Lavrov fikricha zo’ravonliklarning yangi to’lqiniga sabab bo’lishi mumkin.

Ukrainaning NATOga intilishini esa Kreml ikki tomonlama shartnomalarga zid deb baholaydi. Yaqinda rasmiy Kiyev Rossiyaning Sevastopoldagi harbiy bazadan foydalanish muhlatini uzaytirmasligini ma’lum qilgan. Qrim yarim orolidagi bu bazada Rossiyaning harbiy-dengiz kuchlari joylashgan.

“Ular Sevastopolni 2017 yilda tark etishi kerak”, - demoqda Ukraina rahbari Viktor Yushenko.

Tahlilchilar nazarida bunga javoban Rossiya Ukrainaga uzatadigan yonilg’i narxini deyarli 100 foizga ko’tarmoqda. Shu paytgacha Ukraina mahsulotni arzonroq narxda sotib olayotgan edi.

Tahlilchi Vasil Yablonskiy “Ukraina Rossiyaga iqtisodiy va siyosiy jihatdan qaram bo’lmaslik uchun yonilg’ini bozor narxlarida xarid qilgani ma’qul”, deydi.

Sankt-Peterburgda o’tgan yig’ilishda Dmitriy Medvedev prezident Islom Karimov bilan ham uchrashib, O’zbekiston bilan munosabatlarni “strategik” deya baholagan.

XS
SM
MD
LG