Breaking News

Afg'oniston janubida qator qishloqlar Tolibon qamalida


Afg’oniston janubida ba’zi qishloqlarni toliblar bosib olgach, aholi uy-joyini tark eta boshlagan. Hududga NATO qo’shini va afg’on armiyasi kiritiladi.

O’tgan hafta toliblar Qandahor qamoqxonasiga hujum uyushtirib, yuzlab mahbusni, jumladan jangarilarni ozod etgan edi. Ular mahalliy aholiga tinchlik bermayapti.

Bu orada Britaniya Afg’onistonga qo’shimcha askar safarbar etmoqchi. Bosh vazir Gordon Braun kelasi yilgacha 230 zobit qo’shiladi deydi. NATO Afg’onistonda 53 ming sonli qo’shinga ega, shulardan 8 ming nafari britaniyalik.

AQSh rahbari Jorj Bush Britaniya qarorini olqishlar ekan, “ekstremistlarga qarshi kurashni joyida, ya’ni Iroq va Afg’onistonda olib borish kerak”, - deydi. Bush ma’muriyati boshqa ittifoqchilaridan ham Afg’onistonga harbiy ko’makni oshirishni so’ramoqda.

Ayni paytda Afg’oniston-Pokiston chegarasida vaziyat notinch. O’tgan hafta AQSh havo hujumida Pokistonning 11 askari halok bo’lgan. Rasmiy Islomobod tushuntirish talab qilmoqda. Afg’oniston prezidenti Hamid Karzay Pokistondan kelayotgan jangarilar oqimi to’xtamasa, qo’shni davlatga qo’shin jo’natish haqida ogohlantirgan.

Prezident Bush “Afg’oniston rahbari bildirayotgan xavotirni tushunaman”,- deydi. Uning fikricha Pokiston, Afg’oniston va xalqaro koalitsiya kuchlari orasida ma’lumot almanuvini kichaytirish lozim.
XS
SM
MD
LG