Breaking News

Oziq-ovqat muammosini yechish katta mablag' talab qiladi


Dunyoda oziq-ovqat va yonilg’i narxi oshar ekan, ba’zi davlatlar ocharchilikka yuz tutmoqda. Birlashgan Millatlar Tashkilotining “Ming Yillik Rivojlanish” dasturida belgilangan maqsadlar amalga oshishi uchun katta mablag’ zarur.

BMT Bosh kotibi Pan Gi Mun hukumatlar, BMT agentgliklari, donor davlatlar va xususiy sektorga murojaat qilar ekan, “qishloq xo’jaligi rivoji uchun va fermerlarga yordam tariqasida har yili 25-40 milliard dollar mablag’ ajratish zarur”, - deydi.

BMTning “Ming Yillik Rivojlanish” dasturida kasalliklar, ocharchilik va kambag’allikni 2015 yilgacha 50 foizga kamaytirish mo’ljallangan. Ammo bu yo’lda oxirgi 10 yilda erishilgan yutuqlarni bir lahzada boy berish mumkin.

Oziq-ovqat narxining oshishi natijasida 100 million odam qashshoqlik va ocharchilik bilan yuzlashmoqda. Bu o’z navbatida mojarolardan endi oyoqqa turayotgan jamiyatlarda tinchlikni mustahkamlash say’-harakatlarini yo’qqa chiqaryapti.

Pan Gi Mun iqlim o’zgarishi oqibatlariga ham to’xtalgan. “Dunyoning ayrim qismlarida tinimsiz yog’ingarchilik, boshqa nuqtalarda esa qurg’oqchilik suv xo’jaligi va irrigatsiya tizimlarini ishdan chiqarib, hosildorlikni pasaytirmoqda”.

XS
SM
MD
LG