Breaking News

Misrda xalqni qo’zg’atgan – 30 yillik zulm, iqtisodiy tengsizlik, qashshoqlik


Misrda xalqni qo’zg’atgan – 30 yillik zulm, iqtisodiy tengsizlik, qashshoqlik
Misrda xalqni qo’zg’atgan – 30 yillik zulm, iqtisodiy tengsizlik, qashshoqlik

Mamlakatda inflyatsiya darajasi 13 foiz. Aholining chorak qismi non va suv bilan hayot kechiradi.

“Non olamiz deb besh soatdan beri navbatda turibmiz … urush-janjal”, - deydi bir fuqaro.

“Hokimlar jamiyat farovonligini o’ylaganida vaziyat shu darajaga bormagan bo’lardi”.

Oziq-ovqat taqchilligidan norozilar ko’p, lekin aksar aholi Husni Muborak yuritgan iqtisodiy siyosat o’rta sinfni barbod qildi, deydi.

“Odamlarni ko’chaga boshlagan ikki faktor bu - erkinlik va tirikchilik”, - deydi amerikalik tahlilchi Elliot Abrams.

Uning aytishicha, Misrda iqtisodiy ko’rsatgichlar va xorijiy sarmoya hajmi yomon emas. Lekin bu quyi tabaqaga yetib bormayapti. Boylar bundanda boy, kambag’allar kun sayin qashshoqlashyapti, deydi mutaxassis.

Misr hukumati 2004 yili boshlagan islohotlar natijasida milliy daromad kishi boshiga ikki baravar o’sgan. Lekin aholining deyarli 40 foizi kuniga ikki dollarga hayot kechiradi.

Qohirada uzoq yillar jurnalist bo’lib ishlagan Deyvid Ottovey so’zlariga ko’ra, oliygohni endi bitirgan talabalarga hukumat bir paytlar yordam puli ajratar, o’zlari ham u-bu joyda ishlab, bir oyga yetkazsa bo’lar edi.

“Hozirgi bitiruvchilar bunday imtiyozlardan mahrum, ko’pchilik g’urbat va imkoniyatsizlikda yashaydi”, - deydi u.

Namoyishlar boshlanganidan beri Misr sayyohlar uchun xavfli hudud deb e’lon qilingan. Minglab buyurtmalar bekor qilindi.

Qohira xalqaro aeroportida tumonat odam – samolyotlar mamlakatni tark etayotgan yo’lovchilar bilan liq to’la.

Misr daromadining 5-6 fozi turizmdan tushadi. Shuningdek, bu mamlakat Shimoliy Afrikaning boshqa qismlariga safar qilish uchun boshlang’ich nuqta.

Buning ustiga, deydi iqtisodchilar, hukumat namoyishlarni tarqatish maqsadida internetni cheklagani tijorat va biznesni o’ldirmoqda.

XS
SM
MD
LG