Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Pan Gi Mun Misr hukumati va muxolifatni qon to’kmaslikka, o’zaro hurmat asosida ish tutishga chaqirmoqda.
“Zo’ravonlikka berilmang”, - deydi Pan Gi Mun. “Matbuot va so’z erkinligi ta’minlansin”.
BMT rahbari Misr hukumatini fuqarolar xohish-istagiga quloq tutishga undadi. Mamlakatda siyosiy vaziyat o‘zgarishi, hukumat eski qarashlaridan voz kechishi kerak, deydi Pan Gi Mun.
“Birlashgan Millatlar Tashkiloti yordamni ayamaydi”, -deydi u.
Pan Gi Mun ta’rificha, Husni Muborak ma’muriyati Yaqin Sharq tinchligi, taraqqiyotida muhim rol o’ynaydi.
“Misr farovonligi bugun region tinchligi bilan bevosita bog’liq”, - deydi u.