Breaking News

Arab dunyosidagi g’alayonlar Afg’oniston ziyolilari nigohida


Afg'oniston hukumati arab dunyosidagi vaziyat haqida munosabat bildirganicha yo'q
Afg'oniston hukumati arab dunyosidagi vaziyat haqida munosabat bildirganicha yo'q

Siyosatdonlar nazarida arab dunyosidagi qo’zg’olonlar asosan repressiv rahbarlar hukmron Markaziy Osiyoda qanday aks-sado berishini aniq aytish qiyin.

Tunis, Misr va Yamanda uzoq yillar bosim ostida bo’lgan diniy harakatlar, jumladan, Musulmon Birodarlar va Innahda partiyalari bugun hokimiyatga da’vogar.

Afg’oniston, xalqaro koalitsiya radikal kayfiyatdagi toliblar bilan kurashayotgan bu davlat ahli qanday fikrda?

Misr
Misr

Ziyolilarning aytishicha, matbuot voqealarni muntazam yoritib bormoqda. Arab dunyosi rahbarlari xalq xohishi bilan hisoblashishi, ular istagan o’zgarishlarni amalga oshirishi kerak.

Biroq hukumat, qonunchilari biror bayonot bermagan, deydi ular. Ular o’zaro tortishuv, talashishdan, muammolardan bo’shamayapti.

Amerika Ovozi afg’onistonlik jurnalist Habib Quyosh bilan mana shu haqda suhbatlashdi.

XS
SM
MD
LG