Breaking News

Misr saylovlari xatosiz o'tmadi, deydi AQSh sobiq rahbari


Misr saylovlari xatosiz o'tmadi, deydi AQSh sobiq rahbari
Misr saylovlari xatosiz o'tmadi, deydi AQSh sobiq rahbari

AQSh sobiq rahbari Jimmi Karter fikriga ko’ra, Misrda parlamentga saylovlar xatolarsiz o’tmagan, biroq umuman olganda jarayon xalq xohishini aks ettiradi.

Salkam bir hafta jarayonni kuzatgan Karter bugun Qohiradagi matbuot anjumanida so’zladi.

Saylov yuzasidan taxminan 900 shikoyat tushgan, ovoz berish protsessi uchun mas’ul rasmiylar malakasi talabga javob bermagan, deydi Jimmi Karter.

U, shuningdek, nomzodlar orasida ayollar sanoqli ekanidan afsusdammo, deydi u, saylov Misr va butun mintaqa uchun burilish yasagani aniq.

“Jarayon tinch o’tdi; partiyalar bir-biriga hurmat bilan muomala qilmoqda – bu Misr xalqi uchun yutuqdir”, - deydi AQSh sobiq prezidenti.

Karter fikricha, qo’zg’olon ketidan davlat tepasiga kelgan harbiy kengash boshqaruvni osonlikda berib qo’ymaydi, imkon qadar uzoqroq qolishga harakat qiladi.

“Musulmon Birodarlar va boshqa siyosiy guruhlar bilan gaplashdim. Ular nazarida generallarga izzat ko’rsatilishi, vakolati aniq belgilanishi kerak. Lekin nima qilishi mumkin emasligi, cheklovlarni ham bilishi shart”, - deydi u.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Shu mavzuda

XS
SM
MD
LG