Misr poytaxti Qohirada bugun tumonat odam – harbiy hukumatni bosimda ayblayotgan qariyb 50 ming fuqaro namoyish qilmoqda.
Yig’in boshida turgan Musulmon Birodarlar, ishtirokchilar, asosan, dindorlar.
Xalq noroziligi shundaki, harbiy hokimiyat muhim siyosiy qarorlarni o’zi hal qilishga, ya’ni o’z qarorlarini parlament nazoratidan ozod etishga ahd qilgan.
Bu degani parlamentga umuman bo’ysunmoqchi emas.
Namoyishchilar, siyosiy guruhlar boshqaruv fuqaro jamiyatiga o’tishi lozim va buning tugal sanasi belgilanishi shart, demoqda.
Oy oxirida Misr ahli yangi parlamentga ovoz beradi. Bu – Husni Muborak taxtdan ag’darilganidan buyon birinchi saylov.
Partiyalar va harbiylar kelishmasa, parlament poygalari qoldirilishi mumkin.