Misr davlat televideniyesining bildirishicha, bir necha kundan beri politsiya va namoyishchilar olishar ekan, Vazirlar Mahkamasi ishdan bo’shashga qaror qilgan.
Harbiy hukumat arizani qabul qilgunicha, mahkama ishini davom ettiradi.
Rasmiy hisoblarga ko’ra, poytaxt Qohira va boshqa shaharlarda uch kunlik to’qnashuv kamida 22 kishini hayotdan olib ketgan. Kamida 1700 fuqaro jarohatlangan.
BMT va Qo’shma Shtatlar bu voqeadan xavotirda va tomonlarni zo’ravonlikdan tiyilishda chaqirmoqda.
Qohiraning Tahrir maydonida ayni damda minglab odam to’plangan. Olomon politsiyaga qo’lga tushgan narsani otsa, huquq-tartibot xodimlari ko’zni yoshlantiruvchi gaz qo’llamoqda.
Misr Ichki ishlar vazirligi yonida ham mushtlashuv ro’y bergan.
Namoyishchilar harbiylardan hokimiyatni tezda fuqaro jamiyatini topshirishni talab qilmoqda. Har yondan “Marshal ketsin” degan shiorlar yangramoqda.
Gap Qurolli Kuchlar Oliy Kengashi rahbari Muhammad Husayn Tantaviy haqida ketmoqda. Prezident Husni Muborak hokimiyatdan ag’darilgach, fevral oyida Tantaviy boshliq kengash boshqaruvni qo’lga olgan edi.
Tanqid shuki, kengash yangi konstitutsiyaga tuzatish kiritib, ayrim harbiy masalalar parlament ishtirokisiz hal qilish vakolatini qo’lga kiritmoqchi bo’lgan.
Rejaga ko’ra, 28-noyabrda Misrda parlamentga saylovlar o’tishi kerak.