Breaking News

Misrda harbiy kengash bosh vazirlikni al-Barodiyga taklif qilgan


Misrda harbiy kengash bosh vazirlikni al-Barodiyga taklif qilgan
Misrda harbiy kengash bosh vazirlikni al-Barodiyga taklif qilgan

Misrni vaqtinchalik boshqarayotgan harbiy kengashdan norozi minglab odamlar qatorasiga beshinchi kun namoyish qilar ekan, kengash rahbari feldmarshal Muhammad Tantaviy ommani tinchlantirish maqsadida prezident saylovlarini kelasi yil iyul oyida o'tkazishga va'da berdi. Ungacha referendum o'tkazib, xalq shuni talab qilsa, hokimiyatni noharbiy arboblarga topshirishga tayyormiz, deydi u.

"Harbiylar hokimiyatda qolishni ko'zlamaydi. Misr manfaatlari hamma narsadan ustun biz uchun", - deydi Tantaviy.

Dushanba kuni parlament saylovlari boshlanadi. Sobiq prezident Husni Muborak mahkamasida ishlagan arboblar saylovlarda qatnashishdan mahrum. Harbiy kengash bir necha islomiy siyosiy partiya bilan barqarorlikni tiklash haqida gaplashgan. Musulmon Birodarlar partiyasi ko'pchilik ovozlarni qo'lga kiritishi aytilmoqda. Liberal va dunyoviy partiyalar uchrashuvda ishtirok etishdan bosh tortib Musulmon Birodarlarni shaxsiy manfaatlari yo'lida inqilob g'oyalariga xiyonat qilayotganlikda ayblagan.

Sobiq bosh vazir Essam Sharaf boshliq vazirlar mahkamasi iste'foga chiqqan. Harbiy kengash vaqtincha bosh vazirlikni BMTning Atom energiyasi bo'yicha xalqaro boshqarmasining sobiq rahbari Muhammad al-Barodiyga taklif etgan. Uning javobi hozircha noma'lum.

Bugun turli shaharlarda namoyishlar davom etar ekan, politsiya xalqni o'qqa tutgan. So'nggi besh kunda kamida 35 odam o'lgan. Omma kengashdan zudlik bilan hokimiyatni noharbiy hukumatga topshirishni talab qilmoqda.

AQSh Davlat departamenti matbuot kotibi Viktoriya Nuland xalqqa qarshi ortiqcha zulmni qoralagan.

"Misrdgai vaziyatdan xavotirdamiz. Hukumatni bosiqlikka chaqiramiz. Politsiya misrliklarning uyushish huquqlarini hurmat qilishi kerak", - deydi AQSh rasmiysi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG