Breaking News

Inqilobchi xalqlarga 58 milliard dollarlik yordam, demokratik islohotlar uchun


Fransiyada o'tayotgan anjumanda asosan taraqqiyot loyihalari va uzoq muddatli ko'mak haqida gap ketmoqda
Fransiyada o'tayotgan anjumanda asosan taraqqiyot loyihalari va uzoq muddatli ko'mak haqida gap ketmoqda

Britaniya, Kanada, Fransiya, Germaniya, Italiya, Yaponiya, AQSh va Rossiya hamda boy arab davlatlari shunday va'da bermoqda.

Liviyada muvaqqat rahbariyat mamlakat bo’ylab nazoratni tiklash harakatida ekan, Bani Valid shahrida sobiq rahbar Muammar Qaddafiy tarafdorlari bilan janglar ketmoqda.

Bani Valid shahri
Bani Valid shahri

Dashtlikda joylashgan bu shahar , deydi rasmiylar, Qaddafiy uchun kurashayotgan oxirgi maskan.

“Amerika Ovozi” muxbiri Elizabet Arrot Bani Validdan xabar berar ekan, shaharda portlash va otishmalar oddiy hol ekanini aytadi.

Mamlakatni kezib chiqqan jurnalistning xulosasi shuki, Liviya tez orada tinchiydi deyishga biror asos yo'q. Odamlar ulkan o’zgarishlar kutmoqda, yangi rahbarlarga umid bilan qaramoqda, ammo mamlakat vayron.

Inqilobchi xalqlarga 58 milliard dollarlik yordam, demokratik islohotlar uchun
Inqilobchi xalqlarga 58 milliard dollarlik yordam, demokratik islohotlar uchun

Qishloqlarda aholi yanada qashshoqlashgan, iqtisodiyot qulagan, maktab va korxonalar yopilgan.

Turmush izga tushishi uchun xalqaro hamjamiyat yordamni oshirishi kerak.

Jahonning sakkiz yirik davlati Fransiyada katta anjumanga yig'ilib, demokratik islohotlar yo'lidan borgan arab jamiyatlariga 58 milliard dollar ajratishni va'da qildi.

Inqilobchi xalqlarga 58 milliard dollarlik yordam, demokratik islohotlar uchun
Inqilobchi xalqlarga 58 milliard dollarlik yordam, demokratik islohotlar uchun

Liviya, Misr, Iordaniya, Marokash va Tunis iqtisodiyotni oyoqqa turg’azish uchun Britaniya, Kanada, Fransiya, Germaniya, Italiya, Yaponiya, AQSh va Rossiyadan madad so’ragan edi.

Ayni damda G'arbning o’zi ham iqtisodiy yetishmovchilik changalida.

Lekin bu yil katta o’zgarishlarni boshdan kechirgan xalqlarni quvvatlash kerak, deydi anjuman qatnashchilari, taraqqiyotga yetaklovchi yangi loyihalar boshlash kerak.

"Hamkorlikda ancha ishlar qila olamiz", - deydi katta sakkizlik a’zolari.

Boy arab davlatlari ham qarab turmasligini aytmoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG