Breaking News

Qohirada Isroil elchixonasi vayron qilingan, vaziyat tarang


Isroil elchixonasiga hujum, 9-sentabr 2011
Isroil elchixonasiga hujum, 9-sentabr 2011

Kecha Misr poytaxti Qohirada Isroil elchixonasiga qilingan hujumlar ketidan vaziyat tarangligicha qolmoqda.

Elchi Yitzak Levanon, uning oilasi va 80 xodim mamlakatni tark etgan. Qolganlar keyinroq Misr maxsus kuchlari tomonidan evakuatsiya qilingan.

Elchixonani talagan namoyishchilar
Elchixonani talagan namoyishchilar

Isroil Misr hukumatiga uning diplomatlari xavfsizligini ta’minlagani uchun rahmat aytgan, ammo elchixonaga hujum xalqaro qonun va normalarning buzilishi deya adolat talab qilmoqda.

Elchixonaga bostirib kirganlar zo’ravonlikka berilib, inshootni yer bilan yakson qilgan, deya bildiradi rasmiylar. Misr xavfsizlik kuchlari ularni to’xtatmagan, ammo sal keyin namoyishchilar ko’chada politsiya bilan to’qnashgan. Uch kishi o’lgan. Mingdan oshiq kishi jarohatlangan.

Isroil bilan tinchlik bitimi imzolagan Husni Muborak, sobiq rahbar, bugun to'shakda va sudda
Isroil bilan tinchlik bitimi imzolagan Husni Muborak, sobiq rahbar, bugun to'shakda va sudda

O’tgan oy Isroil harbiylari chegarada Misrning besh askarini o’tib o’ldirgan edi. Yahudiy davlati buning xato ish bo’lganini tan olib, uning zobitlari askarlarni jangarilar bilan adashtirganini bildirgan.

Misrda ko’plab odamlarni oyoqqa turg’azgan yana bir sabab bu Isroil bilan mavjud tinchlik bitimidir. Unga 1979 yilda Husni Muborak davrida erishilgan. Ayrimlar sobiq rahbarni yahudiylarning shartiga ko’nganlikda ayblab, bu kelishuv bekor qilinishi kerak deb bong urmoqda.

Misrning muvaqqat hukumati barqarorlikni saqlash eng muhim talab deya xalqni tinchitishga urinmoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG