Breaking News

Misr hukumati muxolifat bilan bosh qomus, saylovlar borasida muzokara qilmoqda


Misr hukumati muxolifat bilan bosh qomus, saylovlar borasida muzokara qilmoqda
Misr hukumati muxolifat bilan bosh qomus, saylovlar borasida muzokara qilmoqda

Misr hukumati prezident iste’fosini talab qilayotgan namoyishlarga chek qo’yish ilinjida muxolifat bilan muzokara boshlagan.

Vitse-prezident Umar Sulaymon ko’p yillardan buyon man etilgan “Musulmon Birodarlar” harakati a’zolari, kattayu-kichik oppozitsion partiyalar, mustaqil siyosatchilar va tadbirkorlar bilan uchrashgan.

Matbuot erkinligini ta’minlash, inson huquqlariga hurmat, Misr konstitutsiyasi va saylov to’g’risidagi qonunlarga o’zgartirishlar kiritish, siyosiy mahbuslarni ozod etish haqida gap ketmoqda.

Mahalliy matbuot xabarlariga ko’ra, uchrashuvda bu masalalarni o’rganib chiqish uchun maxsus qo’mita tuzishga kelishib olingan. Muxolifatning asosiy talabi – prezident Husni Muborak iste’fosi hozircha javobsiz qolmoqda.

Muxolifat yetakchilaridan biri, Xalqaro Atom boshqarmasi sobiq rahbari, Muhammad al-Barodiy muzokarada qatnashmagan.

Misr hukumati muxolifat bilan bosh qomus, saylovlar borasida muzokara qilmoqda
Misr hukumati muxolifat bilan bosh qomus, saylovlar borasida muzokara qilmoqda

Qohiraning “Tahrir” maydoni va Aleksandriya shahrida ko’chalar gavjum. “Amaldagi tuzumga ishonch yo’q, hukumat bizga katta va’dalar berib, yuzaki o’zgarishlar bilan qutulmoqchi”, - deydi aksar namoyishchilar.

Husni Muborak shu yilning sebtyabrida prezidentlik muddati bitgach, iste’foga chiqishga so’z bergan.

AQSh prezidenti Barak Obama Britaniya, Germaniya va Birlashgan Arab Amirliklari rahbarlari bilan telefonda so’zlashib, Misrda hokimiyat tartibli, tinch va demokratik ravishda o’zgarishi kerak, degan.

Misr hukumati muxolifat bilan bosh qomus, saylovlar borasida muzokara qilmoqda
Misr hukumati muxolifat bilan bosh qomus, saylovlar borasida muzokara qilmoqda

Oq uy, shuningdek, qamoqdagi jurnalistlar va huquq faollarini darhol ozod etishga chaqirmoqda.

AQSh Davlat kotibasi Xillari Klinton, Germaniyada xavfsizlik anjumanida so’zlar ekan, “Misrda siyosiy o’zgarishlar tartibli tarzda kechishi o’ta muhim, toki ekstremistik guruhlarga bu jarayonni izdan chiqarishga yo’l berilmasin”, deydi.

“Har bir jamiyatda kuchlar borki, xalq og’ir kunlarni boshdan kechirayotgan bir paytda o’z siyosiy maqsadlarini ko’zlaydi”, - deydi Klinton.

Myunxenda qilgan nuqtida Amerika tashqi ishlar vazirasi yangicha boshqaruv va haqiqiy demokratik saylovlar vaqt va sarb-toqat talab qilishini ham urg’ulagan.

“Musulmon Birodarlar” diniy-siyosiy harakati, Misrda 1954 yildan buyon taqiqlangan guruh hukumat bilan ilk bor muzokara qilishi. Obama ma'muriyati Misr kelajagi bu xalqning o’z qo’lida, deyish bilan cheklanmoqda.

Kecha hukmron partiyaning ijroiya organi a’zolari, jumladan prezidentning o’g’li Jamol Muborak iste’fo bergan. Misr iqtisodiyoti kuniga 310 million dollar ziyon ko’rayotgani ma’lum.

Qohirada ayrim banklar ochiq, odamlarga cheklangan miqdorda pul olishga ruxsat berilgan.

XS
SM
MD
LG