Breaking News

Misrda yangi hukumat tuzilmoqda, lekin prezident Muborak ketmoqchi emas


Misrda yangi hukumat tuzilmoqda, lekin prezident Muborak ketmoqchi emas
Misrda yangi hukumat tuzilmoqda, lekin prezident Muborak ketmoqchi emas

Prezident Husni Muborak xalqni tinchlanishga chaqirib, vazirlarni ishdan olgan. Namoyishchilarga murojaat qilib, yangi hukumat tuzishga, siyosiy-iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishga va’da bermoqda.

Shunga qaramasdan, Qohira markazi - Tahrir maydoni odamlar bilan gavjum. Kamida 50 ming fuqaro “Muborak ketsin” deb chiqmoqda.

Misrda yangi hukumat tuzilmoqda, lekin prezident Muborak ketmoqchi emas
Misrda yangi hukumat tuzilmoqda, lekin prezident Muborak ketmoqchi emas

Misrning boshqa shaharlarida ham shu manzara. Bugun namoyishlarning beshinchi kuni. Mamlakatni 30 yildan beri boshqarib kelayotgan, 82 yoshli Husni Muborak hali bu qadar g’azab va qarshilik bilan yuzlashmagan edi.

Bundan ikki hafta ilgari Tunis prezidenti Zayn al-Abidin Ben Ali xalq g’alayoni natijasida hokimiyatdan ketgan edi. “Biz ham qimmatchilik, ishsizlik va korrupsiyadan to’yganmiz”, deydi misrliklar.

Davlat televideniyesining xabar berishicha, razvedka idorasi sobiq rahbari Umar Sulaymon Misr vitse-prezidenti etib tayinlangan. Bu lavozim ilk bor ta’sis etilishini hisobga olsak, tahlilchilar fikricha Muborak voris tayinlashga taraddud ko’rayotgan bo’lishi mumkin.

G’alayon boshqa shaharlarga ham tarqalar ekan, o’tgan uch kunda 80 ga yaqin odam halok bo’lgan, to’qnashuvlarda taxminan ikki ming kishi jarohat olgani ma’lum. Harbiylar komendant soatiga bo’ysunmaganlar jazolanadi, deb ogohlantirmoqda.

Qohira, Aleksandriya, Ismoiliya va Suez shaharlarida tank va boshqa vositalar bilan qurollangan armiya to’polonni bostirishga shay turibdi.

Misrda yangi hukumat tuzilmoqda, lekin prezident Muborak ketmoqchi emas
Misrda yangi hukumat tuzilmoqda, lekin prezident Muborak ketmoqchi emas

AQSh prezidenti Barak Obama Husni Muborak bilan telefon muloqotda zo’ravonlikdan tiyilishni, internet va boshqa aloqa vositalarini tiklashni hamda va’da qilingan islohotlarni amalga oshirishni so’ragan.

“Misr Amerikaning mintaqadagi yaqin hamkori. Qator murakkab malalalarni hal qilishda, jumladan Isroil-Falatin tinchlik muzokaralarida Vashington bilan ishlab keladi”, - deydi Obama.

“Lekin Muborakka gapimiz shu – islohotlarni ortiq kechiktirib bo’lmaydi. Fuqarolarga erkin fikr bildirish uchun imkon berilishi kerak”.

Qo’shma Shtatlar Misrdagi vaziyatni yaqindan kuzatib turibdi va bu davlatga beradigan moliyaviy yordamni qayta ko’rib chiqadi. Misr AQShdan har yili 1,3 milliard dollar harbiy yordam oladi.

“Vaziyatga qarab bir qarorga kelamiz”, - deydi Davlat kotibasi Xillari Klinton. Uning ta’kidlashicha, hukumat namoyishchilarga qarshi zo’ravonlikni bas qilib, ularga quloq tutishi lozim.

Misrda yangi hukumat tuzilmoqda, lekin prezident Muborak ketmoqchi emas
Misrda yangi hukumat tuzilmoqda, lekin prezident Muborak ketmoqchi emas

Xalqaro Atom Boshqarmasi sobiq rahbari, Nobel mukofoti laureati Muhammad el-Baradey deydiki, Misr prezidenti iste’fo bersagina mamlakat tinchlanishi mumkin.

“Husni Muborak uchun lavozimini bo’shatish vaqti yetgan. Xalq erkin va demokratik jamiyat qurishni istaydi”, - deydi el-Baradey, muxolifatga boshchilik qilish uchun Qohiraga qaytgan arbob.

Qo’shni davlatlarning Misrdagi voqealarga munosabati turlicha. Eron nazarida, namoyishchilarning “asosli talablari” inobatga olinishi shart.

Saudiya Arabistoni qiroli Abdulla Misr rahbarini qo’llab-quvvatlamoqda. Uning fikricha, namoyish tashkilotchilari beqarorlik urug’ini sochish uchun chetdan yuborilgan bo’lishi mumkin.

Ham Misr, ham Saudiya Arabistoni AQShning strategik hamkorlari sanaladi.

XS
SM
MD
LG