Breaking News

Husni Muborak Qohirani tark etgan


Qohiraning "Tahrir" maydoni - namoyishlar markazi, yuragi
Qohiraning "Tahrir" maydoni - namoyishlar markazi, yuragi

Ayrim ma'lumotlarga ko'ra, Husni Muborak va uning oilasi Misr poytaxtini tark etib, Qizil dengiz bo'yidagi kurort shahar Sharm al-Shayxga yo'l olgan.

Qohirada esa uning rahbarlikdan ketishini talab qilayotgan yuzlab ming fuqaro davlat idoralari, xususan prezident saroyini o'rab olgan.

Mamlakat armiyasi, shu kungacha xalq xizmatida ekanini ta'kidlab kelgan qurolli kuchlar boshqarmasi, 30 yillik avtoritar siyosatga chek qo'yiladi va islohotlar boshlanadi deya kafolat bermoqda.

Harbiylarning tasdiqlashicha, hokimiyat hozir vitse-prezident Umar Sulaymon qo'lida. Husni Muborak nominal rahbar bo'lib qolmoqda xolos.

Uning tamoman ketishini talab qilayotgan xaloyiq uchun esa buning o'zi yetarli emas.

Butun diktatura olib tashlanishi, konstitutsiya o'zgartirilishi va yangi, demokratik tuzum vujudga kelishi shart, deydi tinimsiz namoyish qilayotgan odamlar.

Jamol Muborak va uning rafiqasi Xadija dunyoning eng badavlat juftliklaridan biri. Jamol, yirik bankir, Britaniya fuqarosi hamdir. Akasi A'lodan farqli o'laroq siyosatga qiziqadi va kelajakda otasining o'rnini egallaydi degan taxmin keng tarqalgan edi.
Jamol Muborak va uning rafiqasi Xadija dunyoning eng badavlat juftliklaridan biri. Jamol, yirik bankir, Britaniya fuqarosi hamdir. Akasi A'lodan farqli o'laroq siyosatga qiziqadi va kelajakda otasining o'rnini egallaydi degan taxmin keng tarqalgan edi.

Misrda Husni Muborakning oilasiga nisbatan nafrat yanada kuchaygan. Prezident va uning farzandlarining boyligi 70 milliard dollar atrofida deb taxmin qilinadi. Oilaning bank hisoblari Shveytsariyada ekani tilga olinadi va bu davlat rahbarlarining aytishicha, ular muzlatilishi mumkin. Boylik katta kompaniyalar va asosan ko'chma mulkka tikilgani ma'lum.

Muborakning ikki o'g'li Jamol va A'lo yanvar oyi oxirida Londonga ketgan.

Prezidentning oldida faqat uning rafiqasi Suzana qolgan. Bosimga qaramay Muborak vatanni tark etmoqchi emas.

Xalqqa qilgan murojaatlarida prezident "Shu yerda o'laman, hech qayoqqa ketmayman",- deya qayd etib kelmoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG