Breaking News

Misrda harbiy hukmdorlar namoyishchilar talabini bajarishga kirishmoqda


Misrda harbiy hukmdorlar namoyishchilar talabini bajarishga kirishmoqda
Misrda harbiy hukmdorlar namoyishchilar talabini bajarishga kirishmoqda

Misrda hokimiyatni qo’lga olgan harbiylar namoyishchilarning asosiy talablarini bajarishga kirishmoqda: parlament tarqatib yuborildi, konstitutsiya bekor qilindi.

Husni Muborak iste’fosidan keyin vazirlar mahkamasining ilk majlisida so’zlagan Bosh vazir Ahmad Shafiq deydiki, hozir asosiy vazifa - mamlakatda tartibni tiklash, fuqaro xavfsizligini ta’minlash.

Misrda harbiy hukmdorlar namoyishchilar talabini bajarishga kirishmoqda
Misrda harbiy hukmdorlar namoyishchilar talabini bajarishga kirishmoqda

Qurolli Kuchlar oliy kengashi mamlakatni 6 oy davomida yoki saylovlargacha boshqarishini ma’lum qilgan. Bu vaqt mobaynida bosh qomusga qanday o’zgartirishlar kiritish masalasi ham o’rganiladi.

Bir oy ilgari hech kimning xayoliga ham kelmagan bu olamshumul o’zgarishlar omma orasida ham umid, ham xavotir bilan qarshi olinmoqda.

Ammo namoyishchilarning talablari bundanda kengroq: repressiv, favqulodda qonunlar zudlik bilan bekor qilinsin, siyosiy mahbuslar ozod etilsin.

Misrda harbiy hukmdorlar namoyishchilar talabini bajarishga kirishmoqda
Misrda harbiy hukmdorlar namoyishchilar talabini bajarishga kirishmoqda

Misr armiyasi bugun Qohira markazi, “Tahrir” maydonini tozalashga kirishar ekan, bu yerda 20 kundan beri tunayotgan namoyishchilarning kuchli qarshiligiga duch kelgan.

Barrikada va palatkalarni olib tashlash uchun politsiya ham safarbar etilganidan xabar topgan fuqarolar yana maydonga yig’ila boshlagan. Vaziyat qaltis va to’qnashuvlarga yetaklashi mumkin.

Aytish joiz, o’tgan oy Husni Muborakka qarshi ilk namoyishlarni bostirishga harakat qilgan aynan politsiya kuchlari edi. Omma ularni korrupsiyaga botgan eski tuzumning repressiv quroli deb biladi.

“Tahrir” maydonini tark etishdan bosh tortayotgan bir necha yuz fuqaroning talabi shuki, “o’tish davri qanday kechadi, islohotlar qanday reja asosida amalga oshiriladi, bizga tushuntirib berishsin va aniq muhlat belgilansin”, deydi ular.

Muxolifat va yoshlardan iborat koalitsiya o’z tarafdorlaridan tarqalishni so’ramoqda.

Misrda harbiy hukmdorlar namoyishchilar talabini bajarishga kirishmoqda
Misrda harbiy hukmdorlar namoyishchilar talabini bajarishga kirishmoqda

82 yoshli Husni Muborak iste’fo bergach Qizil dengiz bo’yidagi Sharm al-Shayx kurort shahriga yo’l olgan edi. Bosh vazir Ahmad Shafiqning aytishicha, sobiq prezident hamon o’sha yerda va mamlakatni tark etgani haqidagi mish-mishlar asossiz.

Muborakning qo’lida ishlagan uch rasmiy tergov ostida. Sobiq Bosh vazir Ahmad Nazif, Ichki ishlar vaziri Habib al-Adli va Axborot vaziri Anas al-Fekki mamlakatni tark etishi taqiqlangan.

Harbiylarning ma’lum qilishicha, Misr imzolagan barcha xalqaro kelishuv va majburiyatlar o’z kuchida qoladi. Taxminlarga ko’ra, bu Isroil va Misr o’rtasida 1979 yilda erishilgan tinchlik bitimiga ham tegishli.

XS
SM
MD
LG