Breaking News

Misrda hukmron partiya rahbarlari yangilandi, iqtisodiyot o’gir ahvolda


Misrda hukmron partiya rahbarlari yangilandi, iqtisodiyot o’gir ahvolda
Misrda hukmron partiya rahbarlari yangilandi, iqtisodiyot o’gir ahvolda

Bugun, namoyishlarning 12-kunida Misr Milliy Demokratik partiyasining ijroiya organi a’zolari, jumladan prezidentning o’g’li Jamol Muborak ishdan ketgan.

Davlat televideniyesining xabar berishicha, Hosam Badravi, liberal siyosatchi sifatida tanilgan arbob, hukmron partiya bosh kotibi etib tayinlanadi.

Jamol Muborak otasidan keyin hokimiyatga kelishi kutilayotgan edi
Jamol Muborak otasidan keyin hokimiyatga kelishi kutilayotgan edi

Qohira va boshqa shaharlarda namoyishlar davom etayotgan bir pallada, prezident Muborak vazirlar bilan uchrashib, mamlakatdagi iqtisodiy ahvolni muhokama qilgan.

Misr iqtisodiyoti kuniga 310 million dollar ziyon ko’rayotgani ma’lum. “Vaziyat og’ir”, - deydi Moliya vaziri Samir Radvan.

G’alayon boshlanganidan beri eksporj hajmi 6 foizga kamaygan. Zavod va korxonalar, bank va bizneslar 10 kundan beri yopiq. Mamlakatda narx-navo o’sib bormoqda.

Misrda hukmron partiya rahbarlari yangilandi, iqtisodiyot o’gir ahvolda
Misrda hukmron partiya rahbarlari yangilandi, iqtisodiyot o’gir ahvolda

To’polonning ilk kunlarida aksiyalar bahosi 16 foiz, ya’ni 12 milliard dollarga tushgach, birjalar ham yopib qo’yilgan edi. Sarmoyachilar vahimada Misrdan har kuni 500 million dollar olib chiqayotgani ma’lum.

Mutaxassislar fikricha bu ketishda Misr iqtisodiyoti joriy yilda nari borsa 3,5 foizga o’sishi mumkin xolos. Jahon Banki va Xalqaro Valyuta Jamg’armasi hukumat a’zolari bilan muntazam aloqada.

Bugun, shuningdek, Iordaniya va Isroilga gaz eltuvchi quvurlar portlatilib, katta yong’in chiqqan. Rasmiylarning aytishicha, ta’minotni tiklash uchun bir hafta vaqt kerak bo’ladi.

Prezident Barak Obama Misrda hokimiyatni muvaqqat hukumatga topshirish jarayoni darhol boshlanishi kerak, degan fikrda.

Qohira markazi, 5 fevral 2011
Qohira markazi, 5 fevral 2011

Asosan yopiq eshiklar ortida kechayotgan muzokaralarda Oq uy Husni Muborakka “tinch va demokratik ravishda lavozimni tark eting", deya maslahat berayotgani haqida xabarlar bor.

Germaniyada o’tayotgan xavfsizlik anjumanida so’zlar ekan, AQSh Davlat kotibasi Xillari Klinton Misrda kechayotgan siyosiy o'zgarishlarni qo'llab-quvvatlaymiz degan.

Vitse-prezident Umar Sulaymon Qohirada oppozitsion partiyalar bilan uchrashib, muvaqqat hukumat tuzish borasida gaplashgan. Ammo “Musulmon Birodarlar” harakati prezident Muborak ketganidan keyingina muzokaraga qo’shilish ahdidan qaytmayapti.

XS
SM
MD
LG