Breaking News

AQSh generali O'zbekistonda muzokaralar olib borgan


28 avgust kuni Toshkentga AQSh Markaziy Qo'mondonligining muvaqqat rahbari - general-leytenant Martin Dempsi tashrif buyurib, qator rasmiylar bilan uchrashgan.

General-leytenant Dempsi O'zbekiston Mudofaa vaziri Ruslan Mirzayev, Tashqi ishlar vaziri muovini Ilhom Ne'matov va Giyohvand moddalarni nazorat qilish bo'yicha davlat komissiyasi vakillari bilan muzokaralar olib borgan.

AQShning Toshkentdagi elchixonasi tarqatgan ma'lumotlarga ko'ra, uchrashuvlarda mintaqaviy xavfsizlik va hamkorlik, inson huquqlari va qolaversa, Afg'onistondagi bugungi vaziyat muhokama qilingan.

Elchixonaga ko'ra, Pentagon O'zbekistonga qurol-aslaha omborlari himoyasini mustahkamlash uchun texnik yordam ko'rsatmoqda.

AQSh harbiy rasmiysi Xalqaro Qizil Xoch Jamiyati vakillari bilan ham muloqot olib borgan.

General-leytenant Dempsi Toshkentdan oldin Bishkekda bo'lgan. Ma'lumki, AQSh Qirg'izistonning Manas aerodromida o'z havo kuchlariga ega. Amerika Termezda Germaniya qurolli kuchlari joylashgan harbiy bazadan cheklangan ravishda foydalanib keladi.
XS
SM
MD
LG