Breaking News

AQSh Rossiya bilan yadroviy hamkorlik qilmaydi


AQSh Rossiya bilan yadroviy hamkorlik qilmaydi. Bush ma’muriyati bu to’g’risidagi bitim loyihasini bekor qilgan.

Prezident Bush izohicha Rossiya Gruziyada “tinch va do’stona munosabatlarga tamoman qarshi yo’l tutdi”. Rossiya Vashington qaroridan taajjubda. “AQSh masalaga siyosiy tus bermoqda”, - deydi Kreml rasmiylari.

AQSh-Rossiya o’rtasida yadroviy hamkorlik to’g’risidagi bitim yil boshida Moskvada imzolangan va AQSh Kongressida tasdig’ini kutayotgan edi. Bitim AQSh va Rossiya kompaniyalariga bu sohada hamkorlik qilishga yo’l ochgan bo’lardi. Iqtisodchilar hisobicha o’rtada bir necha milliard dollarga teng biznes imkoniyatlari boy berilmoqda.

Davlat departamenti so’lovchisi Shon Makkormak Rossiya bilan yadroviy hamkorlik bitimi bekor qilingani yuzasidan afsus bildirmoqda. “Hozirgi sharoitda uni imzolab bo’lmaydi”, - deydi u.

“Kavkazdagi mojaro sabab Rossiya bilan aloqalarni qayta ko’rib chiqishga majburmiz”, - deydi AQSh diplomati.

XS
SM
MD
LG