AQShning Yaqin Sharq, Kavkaz va Markaziy Osyo siyosatida
yaqin ittifoqdoshi – Turkiya Gruziyadagi vaziyatdan tashvishda.
Prezident Abdulla Gul va bosh vazir Rejep Toyib Erdog’an diplomatik harakatlarni kuchaytirishga undamoqda. Turkiyaning regionda olib borayatgan siyosatini qanday baholash mumkin?
G’arbga raqib Rossiya va Eron bilan aloqani rivojlantirish imkoniyati bormi? Turkiya prezidenti Abdulla Gul yaqinda Armanistonda bo’ldi. Turkiya-Armaniston aloqalari iliqlashayotganidan nishonami?
Markaziy Osiyo bilan hamkorlikni mustahkamlashga intilgan rasmiy Anqara O’zbekistondan nima kutmoqda? “Amerika Ovozi” Turkiyada yashovchi, bu mamlakatdagi o’zbeklar haqida kitob yozgan olim Baxtiyor Shohnazarovga ana shu savollar bilan murojaat qildi.