Prezident Bush Mohi Ramazon oyi munosabati bilan har yili yetakchi
musulmonlarni iftorlikka taklif qiladi. Bu Oq Uyda Bush mezbonlik qilgan
sakkizinchi va oxirgi iftor.
“Islom bag’rikenglik, erkinlik va mehr-oqibatni targ’ib qiluvchi din. Insoniyat taraqqiyotini musulmonlarsiz tasavvur qilib bo’lmaydi”, - dedi Bush mehmonlarni qutlar ekan.
”Islom diniy ekstremizm va begunoh kishilarga qarshi zo’ravonlikni qattiq qoralaydi. Qo’shma Shtatlar Iroq va Afg’onistonda terrorga qarshi kurashib, bu yerda erkin jamiyat qurishga ko’maklashmoqda”, - deydi Bush.
Amerikalik musulmon askarlarning bu borada qo’shgan hissasi beqiyos deydi u.
Iftorga musulmon davlatlarining Vashingtondagi elchilari, ulamolar, diniy tashkilotlardan vakillar, diniy hamjihatlik yo’lida hissa qo’shayotgan faol erkak va ayollar taklif qilingan.