Breaking News

Yuzma-yuz debatlar - sinov va tanlov maydoni


Amerikada prezident saylovi oldidan kechadigan debatlar uzoq tarixga ega bo’lmasa-da, bugunga kelib saylovoldi kampaniyasining ajralmas qismi.

Nomzodlarning hech qanday qog’ozsiz, yuzma-yuz munozara qilishiga nima yetsin. Bahslar nomzodning bilim saviyasi va shaxsiyatini oshkor etadi.

Saylov kuni yaqinlasharkan, Amerikada prezidentlikka nomzodlar televizion debatlarni boshlab yuboradi. Chunki ovozini kimga berishni bilmay, “o’sha kun bir gap bo’lar” deb yurganlar bir dunyo.

Nomzodlar ularni o’ziga qaratishi, unga ovoz berishga ko’ndirishi kerak. Aynan ularning ovozi saylov natijasini hal qilsa ajabmas.

Sentyabr oyiga kelib, xalq nomzodlarni minglab marta eshitgan, ko’rgan. Biroq ularning gaplari-yu, esda qolarli iboralarini har yerda ko’rasiz. Teledebatda saylovchi nomzod olg’a surayotgan dastur va o’zgarishlar haqida ko’p ma’lumot oladi, deydi strateg Piter Fenn:

“Ba’zida yetadi axir, siyosatdan charchadik, nomzodlar haqida bilamiz, saylovni o’tkaza qolaylik, degan gaplarni eshitasiz. Vaholanki, nomzodga qancha ko’p savol bersak, baribir kam. So’rang, surishtiring, elakdan o’tkazing”.

Nomzodlarning yuzma-yuz bellashuvi debat deb nomlansa-da, aslida ko’proq intevyuni eslatadi. Savol-javob shaklida o’tadi.

“Prezidentlikka hamda vitse-prezidentlikka nomzodlar o’rtasidagi bahslarni moderator-vositachi olib boradi. Savollarni ham u beradi. Nomzodlar birma-bir savolga javob beradi. Bir-birini ham so’roqqa tutadi. Jarayonni boshqarib turgan moderator savollar javobsiz qolmasligini ta’minlashi kerak. Uning vazifasi, vaqtni kuzatish va bo’lar-bo’lmas gaplarni to’xtatib, debatni to’g’ri yo’lga solish”, - deya jarayonni tushuntiradi Amerika Universiteti professori Kendis Nelson.

Saylov-oldi bahslarda nomzodlar tashqi va ichki siyosatda so’z talashadi. Oddiy fuqarolar bilan savol-javob tarzida o’tadigan debat ham bor.

Teledebatlar 1976 yildan beri har bir saylov oldidan o’tkazib kelinadi. Biroq ilk debat 1960 yilda demokrat senator Jon Kennedi va respublikachi vitse-prezident Richard Nikson o’rtasida o’tgan. Jons Xopkins Universiteti professori Ben Ginzberg manzarani shunday tasvirlaydi:

“1960 yilda o’tkazilgan so’rovga ko’ra, debatni radioda tinglaganlar Richard Nikson yutib chiqdi degan. Teletomoshabinlarni esa Kennedi o’ziga rom etgan. Xullas, Kennedi shaxsiy xususiyatlari bilan ko’pchilik dilini olgan”.

Televideniyedan mohirona foydalangan siyosatchilardan biri respublikachi Ronald Reygan edi. Uning o’zaro bellashuvda raqibi, qayta saylanishga urinayotgan prezident Jimmi Karter oldida bergan savoli saylov natijasini hal etgan bo’lsa ajabmas:

“Ovoz berayotganda o’zingizdan bir so’rang: Bugun hayotingiz to’rt yil ilgariga qaraganda yaxshiroqmi”?

Televideniye va internet bugun bir zumda millionlab saylovchiga chiqish imkonini beradi. Debat shunday tadbirki, nomzod poyga qiziyotgan bir paytda so’zi va zehni bilan ular e’tiborini o’ziga qaratishi mumkin.

“Nomzodlar yodda qolarli iboralar bilan chiqadi. Axborot vositalari esa ularni qayta-qayta ko’rsatadi, eshittiradi”, - deydi professor Kendis Nelson.

Ayniqsa nomzodlardan biri biror xatoga yo’l qo’ysa …

XS
SM
MD
LG