AQSh, Yevropa va Osiyo qimmatbaho qog’ozlar bozori zarar ko’rishda davom etmoqda.
Qo’shma Shtatlar Markaziy Banki sobiq rahbari Alan Grinspen global moliyaviy tanazzulni “asrga tatigulik bo’hron” deya ta’riflagan.
AQSh Moliya tizimiga18 yil bosh-qosh bo’lgan Alan Grisnpen xususiy sektor ishiga aralashmaslik siyosati tarafdori edi.
Biroq hozir, deydi u, savdoni tartibga soluvchi choralar zarur. "Ahvol bundan ham og’irlashishiga tayyor turish kerak," - deydi u.
Alan Grinspen ishsizlik va tanglikni bashorat qilmoqda. Oq Uy mamlakat iqtisodiy tushkunlikda ekanini tan olmoqda.
Oq Uy matbuot kotibasi Dana Perino ta’biricha, AQShda ish o’rinlari qisqarmoqda, yalpi ichki mahsulot kamaygan. Yil oxirigacha biror ijobiy o’zgarish bo’lishi qiyin, deydi u.
AQSh Mehnat
vazirligi hisobicha, ishsizlar soni ikki barabar ortgan. Xususiy sektor
hukumatdan yordam so’ramoqda. Yirik internet kompaniyalari, avtomobil
firmalari odamlarni ishdan bo’shatishga majbur bo’lmoqda.