Breaking News

AQSh avtomobilsozlik kompaniyalari davlatdan yordam kutmoqda


AQShda iqtisodiyotni o’nglash uchun navbatdagi chora-tadbirlar muhokamada ekan, jahon birjalarida aksiyalar bahosi biroz ko’tarilgan.

Barak Obama lavozimiga kirishgach mamlakat infratuzilmasini yangilash, kelasi bir necha yil ichida millionlab ish o’rinlari yaratish rejasini ilgari surmoqda. Mazkur hafta Kongressda avtokompaniyalarga 15 milliard dollar qarz berish tashabbusi ovozga qo’yiladi.

Qo’shma Shtatlar iqtisodiyoti yuzlashayotgan muammolarning cheki yo’q. Mamlakat avtosanoati davlatdan yordam kutmoqda. Ishlab chiqarish hajmi, ishsizlik, damorad ko’rsatkichlari keskin pasaygan. Kamroq uylar qurilmoqda. Aksiyalar bozori sust.

Federal hukumat milliardlab dollar yordam puli ajratganiga qaramay, kredit bozorida ahvol yaxshilangani yo’q. Yirik korporatsiyalar birin-ketin ko’mak so’ramoqda.

Barak Obama “iqtisodiy qiyinchiliklardan o’tib olish vaqt talab qiladi” demoqda.

Yangi rahbar ishga kirishishi bilan iqtisodiy o’sishni ta’minlash, yangi ish o’rinlari yaratishga qaratilgan dasturni joriy etmoqchi. Buning uchun oktyabr oyida ma’qullagan 700 milliard dollar ustiga qo’shimcha mablag’ ajratish ko’zlangan.

AQShdagi uch yirik avtomobilsozlik kompaniyasi ham hukumatdan 15 milliard dollar miqdorida favqulodda yordam so’ramoqda. Obamaning aytishicha evaziga kompaniyalardan ish uslubini o’zgartirish, raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarish talab qilinadi.

Ammo ayrim qonunchilar mamlakat avtosanoatini qutqarishga qarshi. Respublikachi senator Richard Shelbining aytishicha, Jeneral Motors, Kraysler hamda Ford kompaniyalari biznes modelini yangilashi zarur. “Ular jar yoqasida turganiga o’zi aybdor, hukumat xususiy sektorga aralashmasligi lozim”, - deydi qonunchi.

XS
SM
MD
LG