Breaking News

AQSh harbiylari Iroqni 2010 yil o'rtasida tark etadi


Bugun prezident Barak Obama AQSh harbiylarini Iroqdan chiqarish rejasini rasman e'lon qildi. Yangi strategiyaga muvofiq, askarlarning katta qismi 2010 yil avgust oxirigacha chiqishi rejalangan.

Saylov kampaniyasi davrida Obama bu ishni 16 oy ichida qilishini aytgan edi, biroq qo'mondonlar va qonunchilar bilan maslahatlashgandan so'ng rejani 19 oy ichida amalga oshirishga qaror qilgan.

50 mingga yaqin harbiy Iroq kuchlarini tayyorgarlikdan o'tkazish va terrorga qarshi kurash uchun qolishi aytilmoqda.

Ammo ba'zi qonunchilarga ko'ra, mamlakatda zo'ravonlik kuchaysa, AQSh strategiyasi ham shunga qarab o'zgarishi mumkin.

Obamaning aytishicha, Qo'shma Shtatlar Iroqda mas'uliyatli, barcha siyosiy kuchlardan tarkib topgan, terrorchilarga qarshi ayovsiz kurashuvchi hukumat bo'lishiga yordam beradi.

"Iroqning butun dunyo bilan savdo qilishida ham ko'maklashamiz", deydi AQSh prezidenti.

Amerika Iroq hududi yoki resurslariga da'vo qilmoqchi emas va uning mustaqilligini hurmat qiladi. Yaqin Sharq davlatlari bu mamlakat bilan hamkorlikni kuchaytirishi lozim. AQSh ham o'z navbatida mintaqadagi barcha davlatlar va jumladan Suriya va Eron bilan muloqotda bo'ladi, deydi Obama.

XS
SM
MD
LG