Breaking News

Xillari Klinton: AQSh endi "terrorga qarshi urush" demaydi


AQSh Davlat kotibasi Xillari Klinton "terrorizmni yengish uchun jon-jahdimiz bilan kurashayapmiz, ammo endi "terrorga qarshi urush" degan iborani ishlatmaymiz",- deydi.

Bu tushuncha endi AQSh hukumati va diplomatlari tomonidan qo'llanilmaydi, deydi Klinton xonim.

Bu borada biror siyosiy qaror qabul qilingan emas, ammo Obama ma'muriyati "terrorga qarshi urush" iborasini ishlatmayapti.

2001 yilning 11 sentabridan keyin keng tarqalgan bu tushuncha ko'plab musulmon davlatlarida qoralangan edi.

Inson huquqlari tashkilotlari nazarida terrorga qarshi urush deb Bush rahbariyati va u bilan hamkorlik qilgan davlatlar xalqaro qonunga xilof ishlarni amalga oshirgan.

XS
SM
MD
LG