Breaking News

Qirg'iziston hukumati: Sadirkulov avtohalokatda o'lgan


Qirg’iziston hukumati o’tgan oy avtohalokatda o’lganlardan biri yuqori lavozimli rasmiy Medet Sadirkulov ekanini tasdiqlamoqda.

Sadirkulov prezident ma’muriyatini boshqargan. Muxolifat nazarida avtohalokat - uyushtirilgan jinoyat. Sadirkulov yanvar oyida ishdan bo’shamoqchi ekanini ma’lum qilgan edi.

Oppozitsiya yetakchilari uni o’z safdoshi deb ataydi. Ular fikricha Sadirkulov muxolifatga yon bosgani uchun ham o’ldirigan.

Prezident Kurmanbek Bakiyev bu yil 23 iyulda o’tadigan saylovda yana bir bor xalq ovozini olish umidida. Uning ma’muriyati muxolifat ayblovlarini rad etadi va avtohalokatni baxtsiz hodisa deb ta’kidlab keladi.

XS
SM
MD
LG