Bugun Qirg’izistonda parlament
a’zosi Sanjar Qodiraliyev o’z uyi oldida otib ketilgan.
Mamlakat Ichki ishlar vazirligiga ko'ra, deputat bir o’q bilan halok bo’lgan.
Sanjar Qodiraliyev “Ak Jol” partiyasi a’zosi bo’lib, parlament raisining o’rinbosari edi.
“Ak Jol” prezident Qurmanbek Bakiyev
tarafdorlaridan iborat.
Deputatni kim nishonga olgani yoki kimlar gumon ostida ekani haqida Ichki ishlar vazirligi biror ma’lumot bermagan. Tergov ishlari avjida ekani aytilmoqda xolos.
Qirg’izistonda iyul oyida prezident saylovlari bo’lib o’tadi.