Tojikistonning Isfara shahrida, Qirg’iziston bilan chegaradosh hududda, militsiya jangarilar bilan olishgan va ulardan to’rt nafarini o’ldirgan.
To’qnashuv uch soat davom etgan. Voqea yuzasidan bayonot bergan rasmiylarning aytishicha, jangarilar O’zbekiston Islomiy Harakati a’zolari bo'lgan. Buni tasdiqlovchi boshqa ma'lumotlar yo'q.
Tojikiston va Qirg’izistonda o’tgan oylar ichida bu kabi otishmalar bir necha bor kuzatildi.
Xavfsizlik kuchlari nazarida shu kungacha Afg’oniston va Pokistonda Tolibon va al-Qoida safida yurgan markaziy osiyoliklar u yerdagi hujumlardan qochib, vatanga qaytishga urinmoqda.