Breaking News

Rossiya va Turkmaniston gaz borasida yangi bitim imzoladi


Rossiya hukumati 8 oylik tanaffusdan so'ng Turkmaniston gazi importini qayta yo'lga qo'ymoqda. Bugun shartnomani ikki mamlakat prezidentlari - Dmitriy Medvedev va Qurbonguli Berdimuhammedov Ashgabatda imzolagan. Unga ko'ra, Rossiya Turkmanistondan yiliga 30 milliard kubometr gaz sotib oladi. Prezident Medvedev Turkmaniston bilan energetik hamkorlik qayta yo'lga qo'yilganini olqishlagan.

Shu yilning aprel oyida quvur portlashi natijasida Turkmaniston Rossiyaga gaz sotishni to'xtatgan edi. Rasmiy Ashgabat portlashda Rossiyaning Gazprom shirkatini ayblagan.

XS
SM
MD
LG