21 dekabr kuni Toshkentda O'zbekiston xalq yozuvchisi Odil Yoqubov 83 yoshida vafot etdi. Uning "Ulug'bek xazinasi", "Diyonat", "Adolat manzili" kabi asarlari keng ommaga yaxshi tanish. Odil Yoqubov safi siyraklashib borayotgan, ijodining salmoqli qismi Sovet davriga to'g'ri kelgan o'zbek adiblaridan biridir. Hayotining so'nggi damlarigacha o'zbek adabiyoti va jurnalistikasidagi jarayonlar bilan qiziqqan.
Uning aytishicha, yozuvchi inson qalbini tasvirlay olishi, asarlarida haqiqatni aks ettira bilishi kerak. "Chunki adabiyot - yolg'onning birinchi dushmani", der edi Odil Yoqubov.
Adib senzura bo'lishi kerak, biroq agar muharrir o'zining haq ekanini bilsa, maqolada haqiqat bitilganiga iymoni komil bo'lsa, senzor bilan uning chop etilishi uchun kurashdan, bahsdan qaytmasligi lozim, deb ishonar edi.
(Suhbatning to'liq audio qismi )