AQShning Guantanamodagi qamoqxonasida yetti yil o’tirgan, biror jinoyatda ayblanmagan o’zbekistonlik, Shveysariya hukumatining bayon qilishicha, bu mamlakatda yangi hayot boshlamoqda.
Bu shaxsning xavfsizligini ta’minlash maqsadida uning qayerda ekani va ism-sharifi oshkor etilmayapti.
Sobiq mahbus til o’rganib, ish topib, bu jamiyatda o’rnashish niyatida, deydi rasmiylar. Shveysariya hozirda Guantanamoda erkinligini kutib o’tirgan ikki uyg’urga ham boshpana berishi mumkin.