Breaking News

Gollivud va Bollivud qaroqchilikka qarshi birga kurashadi


AQSh va Hindiston kino olami – Gollivud va Bollivud qaroqchilikka qarshi birgalikda kurashadi.

Tomonlar Hindiston kino sanoatida noqonuniy savdo va o’g’rilikka chek qo’ymoqchi.

Hindiston kino olamida qaroqchilik - azaliy muammo.

Chayqovchilar filmlarni noqonuniy ravishda arzonga olib-sotadi. Internet ham bu savdoni avj oldirmoqda.

Jinoyat ko’lami g’oyat keng.

Mualliflik haqidagi qonunlar buzilar ekan, 2008 yilda Hindiston film sanoati qariyb bir milliard dollar zarar ko’rgan.

Muxbirimiz Anjana Pasrichaning Dehlidan xabar berishicha, Hindistonning yetti yirik kompaniyasi va Amerika Kinofilmlar Uyushmasi qaroqchilikni tugatish uchun birgalikda ishlashga kelishib olgan.

Uyushma rasmiysi Rajiv Dalal so’zlariga ko’ra, bu – umumiy muammo. “Gollivudga ham, Bollivudga ham birday taalluqli. Masala yechimi ustida birga o’ylash kerak”, deydi u.

Ikki tomon huquq idoralari va kino ustalari film qaroqchilari, internetdagi o’g’rilik, video mahsulot noqonuniy savdosiga qarshi birga kurashishga qaror qilgan.

So’nggi yillarda Gollivud kino ustalari Hindiston bilan hamkorlikni oshirib keladi. Yangi studiyalar, qo’shma kino-kompaniyalar ish boshlagan.

Bu hamkorlikning so’nggi mahsulotlaridan biri – “Mening ismim Xon” filmi hind kinostudiyalari tomonidan ishlangan va AQShning “Fox” kompaniyasi ko’magida savdoga chiqqan.

XS
SM
MD
LG